22:31 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Migratsiya
Havola olish
73901

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari COVID-19 epidemiyasi tufayli koʻplab migrantlar pul topish imkonisiz qolgani va bu holat jinoyatchilik koʻrsatkichlariga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkinligini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 4 avg - Sputnik. Migratsiya sohasidagi vaziyat jiddiy tashvish solmoqda. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari Dmitriy Medvedev maʼlum qildi.

“Migratsiya sohasidagi vaziyat ham jiddiy tashvishlarga sabab boʻlmoqda... Maʼlumki, koʻpchilik migrantlar, juda ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qoldilar, yashashga puli qolmadi”, - dedi u "Koronavirus epidemiyasining oqibatlariga barham berish davrida jamoat tartibini taʼminlashning dolzarb masalalari" boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Medvedevning taʼkidlashicha, Rossiya Xalq xoʻjaligi va davlat boshqaruvi akademiyasini oʻtkazgan tadqiqotga koʻra, 40 foiz atrofida - deyarli har ikkinchi migrant ishsiz qoldi. Uning soʻzlariga koʻra, bu vaziyat "ushbu sohada ehtimoliy jinoyatchilikning oʻsishi uchun juda qulay sharoit yaratadi".

Shuningdek, u Rossiyaning ayrim hududlarida chet el fuqarolari uchun vaqtincha saqlash markazlarida joy yetishmayotganini taʼkidladi. Bu Rossiyada jinoyat sodir etgan migrantlarni deportatsiya qilishda qiyinchiliklarni tugʻdirmoqda, dedi u.

Bundan tashqari, Rossiya Xavfsizlik kengashi rahbarining oʻrinbosari eslatdi: Ichki ishlar vazirligining maʼlumotlariga koʻra, iyul oyida Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Murmansk va Amur viloyatlarida Rossiyada ishlayotgan chet elliklar tomonidan jamoat tartibini buzish holatlari qayd etilgan.

Medvedev Bu mintaqalar rahbarlari qoʻshimcha choralar koʻrishlari shartligini qayd etdi.

Eslatib oʻtamiz, iyul oyi oxirida Rossiya IIV chet ellik ishchilarga qarshi ommaviy tartibsizliklar va bezorilik boʻyicha jinoiy ishlar qoʻzgʻatilganini maʼlum qildi. Matbuot xizmatining xabariga koʻra, baʼzi holatlarda huquqbuzarlar oʻzlari ishlagan korxonaning mulkiga zarar yetkazgan, tovar-moddiy boyliklarni oʻgʻirlab, ishchilarga tan jarohati yetkazgan. Taʼkidlanishicha, mojaroli vaziyatlarning sabablari tahlili shundan dalolat beradiki, ularning aksariyati ishchi va ish beruvchilar oʻrtasidagi munosabatlar, shartnoma majburiyatlarini bajarishda mehnatga haq toʻlash va mehnatni tashkil qilish bilan bogʻliq.

Asosiy mavzular