03:57 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Migratsiya
Havola olish
361 0 0

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda rus-qozoq chegarasida migrantlar va Rosgvardiya xodimlarining toʻqnashuvi boʻlib oʻtayotgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi.

TOSHKENT, 5 avg — Sputnik. Samara viloyati hududidagi rus-qozoq chegarasida migrantlar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ishtirokida mojaro roʻy berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, ushbu janjalda Rosgvardiya xodimlari ishtirok etmagan.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda rus-qozoq chegarasida migrantlar va Rosgvardiya xodimlarining toʻqnashuvi boʻlib oʻtayotgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Videoda olomon kamuflyaj formali qoʻllarida metalli qalqon boʻlgan kishilar toʻsigʻini buzib oʻtishga urinayotgani aks etgan edi. Orqada esa  “Samarskaya oblast” yozuvi koʻrinar edi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Samara viloyati hududidagi rus-qozoq chegarasida migrantlar guruhining  huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan toʻqnashuvi kuni kecha sodir boʻldi va juda tez Rosgvardiya vakillarining ishtirokisiz bartaraf etildi”, - deyilgan xabarda.

Asosiy mavzular