18:40 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Migratsiya
Havola olish
996 0 0

Rossiyaga 2020 yilning birinchi yarmida kirib borgan chet elliklar orasida ukrainaliklar va Markaziy Osiyo fuqarolari yetakchilik qilmoqda

TOSHKENT, 5 avg — Sputnik. Rossiya Federatsiyasiga birinchi yarim yillikda chet ellik fuqarolar oqimi 60%ga qisqardi. Bu haqda Federal xavfsizlik xizmati chegara xizmati statistikasida keltirilgan.

Xususan, pandemiya vaqtida Rossiyaga borishni istagan fuqarolar orasida Markaziy Osiyo davlatlari vakillari koʻpchilikni tashkil qiladi. FXX maʼlumotlariga koʻra, olti oy davomida RFga Qozogʻistondan 885 ming, Oʻzbekistondan 620 ming, Tojikistondan 373 ming va Qirgʻizistondan 212,3 ming fuqarolar kelgan.

Rossiyaga pandemiya vaqtida tashrif buyurgan chet elliklar orasida Ukraina fuqarolari koʻpchilikni tashkil etadi - 1,7 million kishi.

Shuningdek, chet ellik turistlar soni 86%ga qisqargan.

Yanvar oyidan mart oyiga qadar Rossiyaga 5,5 million chet elliklar kirib kelgan boʻlsalar, chegaralar yopilgach kelganlar soni 509 ming nafarni tashkil etgan.

Asosiy mavzular