02:40 25 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Migratsiya
Havola olish
94910

Uchrashuvlarda pandemiya sharoitida mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish, Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasiga tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish, ularga kasb va til oʻrgatish kabi masalalar muhokama etildi.

TOSHKENT, 6 avg - Sputnik. Rossiya Federatsiyasidagi Neft va gaz ilmiy-tadqiqot va loyihalashtirish instituti raisi oʻrinbosari Denis Mishchenko boshchiligida "Renaissance Heavy Industries" va "Yamata Yatirim İnşaat Turizm ve Ticaret Anonim Şirketi" kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya Oʻzbekistonga tashrif buyurdi.

Delegatsiya aʼzolari bilan Vazirlar Mahkamasining Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish masalalari va xalqaro iqtisodiy hamkorlik departamenti hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida uchrashuvlar oʻtkazildi.

Uchrashuvlarda pandemiya sharoitida mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish, Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasiga tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish, ularga kasb va til oʻrgatish kabi masalalar muhokama etildi.

Delegatsiya aʼzolari muloqot davomida pandemiyadan keyin mehnat bozorini tiklash, epidemiologik vaziyatda oʻzbekistonlik mehnat migrantlari xavfsizligini taʼminlash, ularni tartibli, manzilli va tashkillashtirilgan holda ishga joylashtirish hamda ishchilar uchun zaruriy mehnat sharoitlari yaratilib, buning uchun ish beruvchi tashkilot kafil boʻlishi lozimligini taʼkidladi.

Ikki tomonlama muzokaralarda yil yakuniga qadar 4200 nafar fuqaroni yirik qurilish obʼyektlariga ishga jalb qilish, ular uchun qulay sharoitlar yaratish, transport, ishlash uchun hujjatlarni rasmiylashtirish, ish haqi va boshqa masalalar boʻyicha keyingi vazifalar belgilab olindi.

Tashrif doirasida delegatsiya aʼzolari Toshkent shahridagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish markazi va "Ishga marhamat" monomarkazi faoliyati bilan tanishdi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda vazirlik tizimidagi tashkilotlar rahbarlari va masʼul xodimlari ishtirokida videokonferentsiya shaklida yigʻilish tashkil etildi.

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekistonning qator masʼul tashkilotlari saʼy-harakatlari bilan erishilgan kelishuvga muvofiq, 31 iyul kuni 144 nafar fuqaro tashkillashtirilgan holda Rossiyaning Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishida ishlash uchun charter reys orqali uchib ketgan edi.

Asosiy mavzular