18:46 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Migratsiya
Havola olish
332 0 0

Milliy terrorizmga qarshi kurashish qoʻmitasi vakillari yigʻilish oʻtkazib, unda terrorchilarning Rossiyaga mehnat migrantlari sifatida kirib kelishiga qarshi kurash choralarini muhokama qilishdi.

TOSHKENT, 11 avg - Sputnik. Moskvada Rossiya FXX direktori A.V. Bortnikov boshchiligida Milliy terrorizmga qarshi kurashish qoʻmitasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda terrorchilarning Rossiyaga kirib kelishiga toʻsqinlik qilish masalalari muhokama qilindi.

2019 yil boshidan beri terrorchilik va ekstremistik faoliyatda gumon qilingan 820 dan ortiq shaxsning Rossiyaga kirib kelishiga yoʻl qoʻyilmagan.

Shuningdek, Bortnikov xalqaro terrorchilik tashkilotlarning migratsiya oqimidan foydalanishiga yoʻl qoʻyilmaslik kerakligini taʼkidladi.

Yigʻilish davomida tomonlar radikal harakat tarqalishining oldini olish uchun migratsiya muhitida profilaktika tadbirlarini kuchaytirish choralarini muhokama qildilar.

Shuningdek, chet el fuqarolari oʻrtasida terrorizmning oldini olish boʻyicha xizmatlar va idoralarning samaradorligini oshirish zarurligi taʼkidlandi.

Asosiy mavzular