18:22 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Migratsiya
Havola olish
500 0 0

Ushbu qadamning maqsadi Hamdoʻstlik mamlakatlari hududida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirishdir.

TOSHKENT, 14 avg - Sputnik. Oʻzbekiston MDH mamlakatlarida mehnat, migratsiya va aholini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha maslahat kengashini tuzish toʻgʻrisidagi bitimga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi protokolga qoʻshildi. Respublika rahbari Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori Norma.uz saytida joylashtirildi.

Maslahat kengashi toʻgʻrisidagi bitim 1992 yil noyabr oyida imzolangan, oʻzgartirishlar kiritish haqida protokol 2016 yil 28 oktyabrda Minsk shahrida boʻlib oʻtgan MDHga aʼzo davlatlar rahbarlarining uchrashuvidan soʻng imzolangan.

"MDHga aʼzo davlatlar mehnat, migratsiya va aholini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha maslahat kengashini tuzish toʻgʻrisidagi bitimga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida protokolga qoʻshilsin", - deyiladi hujjatda.

Farmonga muvofiq bitimning bajarilishi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi zimmasiga yuklatildi.

Bitimga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning maqsadi MDH hududida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirishdir, deb izohlashdi RIA Novosti-ga Bandlik vazirligida.

Vazirlik vakilining soʻzlariga koʻra, hujjat Hamdoʻstlik idoralarining hamkorlik boʻyicha vakolatlarini taqsimlanishini va migratsiya sohasidagi vazifalarning takrorlanishini bartaraf etishni taʼminlaydi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston 2020 yil 1 yanvardan boshlab MDHga raislik qilmoqda.

Asosiy mavzular