Migrantlar Rossiyada munosib maosh olish uchun rus tilini o‘rganish kerak - Kolesnikov

© Iz lichnogo arxiva Andreya KolesnikovaAndrey Kolesnikov
Andrey Kolesnikov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada ishlayotgan ko‘plab O‘zbekiston fuqarolari yaxshi malakaga ega bo‘la turib rus tilini yaxshi bilmasligi tufayli, munosib maosh olishga da’vo qilolmayaptilar, deydi mutaxassis.

Ma’lumki, O‘zbekiston hukumati mehnat migrantlariga rus tili va kasbiy bilimlarni o‘rgatish uchun Rossiya ta’lim muassasalarini jalb qilishni rejalashtirmoqda.

Biroz oldin prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli idoralarga ushbu sohada, jumladan, Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN) va "Molodie professionali (WorldSkills Russia) ittifoqini jalb qilishni topshirgan edi.

Zaveduyushaya kafedroy prepodavaniya russkogo yazika kak inostrannogo Instituta imeni Pushkina (Rossiya) Svetlana Yelnikova - Sputnik O‘zbekiston
Migrantlarga o‘z huquqlarini himoya qilish uchun rus tili kerak – Yelnikova

RUDN universitetining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Andrey Kolesnikov, universitet o‘zbekistonliklarga RFda ishga kirishga tayyorlanishga qanday yordam berayotganini va bu ularning oyliklariga qanday ta’sir qilayotganini tushuntirib berdi.

RUDN Universitetining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Andrey Kolesnikov ta’kidlashicha, universitet RFga ishlashga ketayotgan respublika fuqarolari uchun ketish oldidan tayyorgarlik masalalari bo‘yicha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan 2019-yildan hamkorlik qila boshladi.

Vazirlikning ko‘magi tufayli, RUDN shuningdek, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va “Ishga marhamat” monomarkazi bilan samarali aloqalarni yo‘lga qo‘ydi.

"Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan birgalikda ularning viloyat markazlaridagi filiallari negizida Rossiyada mehnat faoliyati uchun patent olishga majburiy bo‘lgan rus tili, RF tarixi imtihonlariga bepul tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘quv sinflari tashkil etildi. Shu bilan birga, imtihonga tayyorgarlik ishlarini o‘zbekistonlik o‘qituvchi olib boradi, bu materialni rus tilida va talabaning ona tilida tushuntirishga imkon beradi", - dedi Kolesnikov.

O‘qish tugatgandan so‘ng, talabaga imtihonni o‘z mamlakatida topshirish imkoniyati beriladi. Bu patentni ro‘yxatdan o‘tkazishda vaqtni tejashga va shunga mos ravishda ishga ertaroq kirishishga imkon beradi.

"Rus tilini o‘qitish bo‘yicha xarajatlarini qoplash Chet elda ishlayotgan fuqarolarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda. Rossiyada ishlayotgan ko‘plab O‘zbekiston fuqarolari yaxshi malakaga ega bo‘la turib rus tilini yaxshi bilmasligi tufayli, munosib maosh olishga da’vo qilolmayaptilar va kam haq to‘lanadigan ishlarda ishlashga majbur bo‘lmoqdalar", - dedi Kolesnikov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, monomarkazda bu hisobga olinib ham mutaxassisliklar bo‘yicha, ham bu mutaxassisliklardagi rus tili o‘qitilmoqda. Natijada, o‘qishni tugatgan odam Rossiyada munosib ish haqiga ishonishi mumkin.

Kolesnikovning ta’kidlashicha, hozirda RUDN yaqin kelajakda RFning besh shaharida: Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Yekaterinburg va Novosibirskda o‘qitishni tashkil qilish uchun barcha imkoniyatlarga ega.

Keyinchalik - Rossiyaning aksariyat viloyat markazlarida, - ta’kidlaydi Kolesnikov.

U shuningdek MDHning boshqa davlatlari fuqarolari uchun ham shunday o‘quv dasturlarini ishlab chiqishga tayyorligini qo‘shimcha qildi.

Radiopodkastda RUDN Universitetining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbarining to‘liq sharhini tinglang.

Kolesnikov rasskazal, kak migrantam poluchat dostoynuyu zarplatu v RF
Yangiliklar lentasi
0