19:31 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Migratsiya
Havola olish
263 0 0

Oʻzbekiston MDH ishtirokchi-davlatlarining migratsiya sohasidagi qonun hujjatlarini uygʻunlashtirish, bandlik va aholini ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi bitimga qoʻshildi.

TOSHKENT, 24 avg - Sputnik. Oʻzbekiston MDH doirasida migratsiyani tartibga solish haqidagi kelishuvga qoʻshildi, deb xabar qilmoqda Norma.uz.   

Ushbu shartnoma, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining mehnat, migratsiya va aholini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha Maslahat kengashini tashkil etish toʻgʻrisida 1992 yil 13 noyabrdagi Bitimga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Bayonnomadir.

Bayonnoma 2016 yil 28 oktyabrda Minsk shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining Hukumat rahbarlari yigʻilishida imzolangan.

Hujjatda Migratsiya sohasida hamkorlik qilish boʻyicha Hamdoʻstlik organlarining vakolatlarini taqsimlash nazarda tutiladi hamda MDH ishtirokchi-davlatlarining migratsiya organlari rahbarlari kengashi va Maslahat kengashi oʻrtasida migratsiya sohasidagi funktsiyalarning takrorlanishi istisno etiladi. Bu MDH ishtirokchi-davlatlarining ijtimoiy-mehnat sohasidagi kelishuv siyosatining yanada samarali tarzda ishlab chiqilishiga imkon beradi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi. Moliya vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi unga koʻmaklashadi. TIV tegishli bildirishnomani depozitariyga yuboradi. Bayonnoma Oʻzbekiston uchun kuchga kirganidan keyin Vazirlar Mahkamasi uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazorat qiladi.

Eslatib oʻtamiz, MDH ishtirokchi-davlatlarining mehnat, migratsiya va aholini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha Maslahat kengashi tashkil etilgan va quyidagilarni amalga oshirish maqsadida faoliyat yuritadi:

  • maslahatlar berish va oʻzaro manfaatlarni oʻz ichiga olgan muhim muammolar yuzasidan fikr almashish orqali kelishuv siyosatini ishlab chiqish;
  • MDH ishtirokchi-davlatlarining qonun hujjatlarini uygʻunlashtirish va mehnat munosabatlari, migratsiya, bandlik, aholini ijtimoiy himoya qilish va mehnat muhofazasi bilan bogʻliq masalalarni tartibga solish;
  • ushbu masalalar boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda davlatlararo kelishuvlar loyihalarini tasdiqlash.

Ushbu hujjat 2020 yil 12 avgustdan kuchga kirdi. 

 

Asosiy mavzular