"Tanish-bilish" orqali ishga joylashish ko‘p holda aldov bilan tugaydi - Poletayev

© Photo : provided by Dmitriy PoletaevDirektor Sentra migratsionnix issledovaniy, vedushiy nauchniy sotrudnik INP RAN Dmitriy Poletayev
Direktor Sentra migratsionnix issledovaniy, vedushiy nauchniy sotrudnik INP RAN Dmitriy Poletayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Tanish-bilish" orqali ish qidirish - xavfli bo‘lishi mumkin, chunki ish haqini to‘lash bo‘yicha aldovlar aynan ana shunday holda ishga joylashishda ro‘y beradi, deydi mutaxassis.

TOShKENT, 26 avg - Sputnik. Migratsiya tadqiqotlari markazi direktori, Rossiya Fanlar akademiyasi Xalq ho‘jaligi prognozlash instituti (INP RAN) yetakchi ilmiy xodimi Dmitriy Poletayev chet ellik ishchilarni ish bilan ta’minlash jarayonini qanday yaxshilash mumkinligi haqida gapirib berdi.

Ekspertning fikriga ko‘ra, agar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi chet el fuqarolarining qonuniy ishga joylashtirish javobgarligini o‘z zimmasiga olsa, bu barchaga faqat foyda keltiradi.

"Mehnat birjasini yaratish kerak. Markazimizning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, ishga joylashish asosan rasmiy xizmatlardan foydalanmagan holda "tanish-bilishlar"orqali amalga oshmoqda.

Suhbatdosh bunday ish qidirish jarayoni xavfli bo‘lishi mumkin deb hisoblaydi, chunki ish haqini to‘lash bo‘yicha aldovlar aynan "tanish-bilishlar" orqali ishga joylashishda ro‘y beradi. Mutaxassis ushbu tizim uchun elektron mehnat birjasini tizimini yaratishni taklif qilmoqda, bu muhojirga tegishli patentni olishi bilanoq bo‘sh ish o‘rinlarini topishga yordam beradi.

Ocheredi migrantov v UFMS - Sputnik O‘zbekiston
Xorijda ishlayotgan o‘zbekistonliklarning 600 ming dollar haqlari undirib berildi

Shuningdek u, bu xizmatga uy-joy ijarasi xizmatini ham qo‘shishni tavsiya qiladi, bu yashash joyini topish bilan bog‘liq vaziyatni ancha yengillashtiradi.

"Davlat xizmatlari hamma narsaga: uy-joy bozoriga, tibbiyotga, ish bilan ta’minlashga, rus tilini o‘qitishga ko‘proq qo‘shilishi kerak", - deb tushuntiradi Poletayev.

Shuningdek mutaxassis, migrantlar uchun o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishlari uchun rus tili kurslarini ochishni taklif qiladi. Suhbatdosh bu ularning ish bilan ta’minlash ko‘lamini kengaytirishga yordam berishiga ishonadi.

Suhbat oxirida ekspert ushbu loyihalar qaysi mablag‘lar hisobiga amalga oshirilishi mumkinligi tushuntirdi.

"Menimcha, migrantlar aniqlik uchun pul to‘lashga tayyor. Agar ular bu tashabbus haqiqiy va ish berishini ko‘rsalar, ular bu uchun pul to‘lashadi", - dedi Poletayev.

Batafsil sharhni Sputnik O‘zbekiston radiopodkastida tinglang.

Poletayev: migranti do six por ustraivayutsya na rabotu cherez "svoix"
Yangiliklar lentasi
0