19:27 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Migratsiya
Havola olish
542 0 0

Rossiyaning Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishida ishlash uchun yana bir guruh oʻzbekistonliklar joʻnab ketdi.

TOSHKENT, 30 avg — Sputnik. Navbatdagi 287 nafar Oʻzbekiston fuqarolari Rossiyada ishlash uchun uchib ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, ular Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishida ishlashadi. Ilgari ushbu zavodda ishlash uchun Oʻzbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish boʻyicha kelishuvga erishilgan edi.

Ular 14 kunlik karantindan soʻng belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda qurilish obʼyektlarida ish boshladi.

Eslatib oʻtamiz, 31 iyul kuni 144 nafar, 12 avgust kuni 84 nafar fuqarolar aynan mazkur zavod qurilishida ishlash uchun tashkillashtirilgan holda joʻnab ketgan edi.

Asosiy mavzular