06:17 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Migratsiya
Havola olish
819 0 0

Yoqutiston Tashqi aloqalar va xalq ishlari vaziri koronavirus pandemiyasi davrida qurilish ishlari, ishlab chiqarish va boshqa koʻplab sohalarda ishchi kuchlari yetishmayotgani va ularga boʻlgan talab yuqoriligini aytdi.

TOSHKENT, 6 sen — Sputnik. Oʻzbekiston fuqarolari Yoqutistonga ishga jalb etiladi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qilmoqda.

Oʻzbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan fuqarolarni ishga joylashtirish masalalari boʻyicha aniq kelishuvlarga erishish maqsadida Rossiya Federatsiyasi Saxa Respublikasining (Yoqutiston) vazirlik va idoralari rahbarlari ishtirokida videokonferentsaloqa shaklida uchrashuv tashkil etildi.

Ocherednaya gruppa uzbekistantsev otpravilis na zarabotki v Rossiyu
Agentstvo vneshney trudovoy migratsii Uzbekistana

Uchrashuvda ishtirokchilarga Oʻzbekiston hukumati tomonidan xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarni ijtimoiy, huquqiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda xorijiy ish beruvchilar talabidan kelib chiqqan holda fuqarolarning malakasini oshirish uchun kasb-hunarga oʻqitish markazlari, maxsus kurslar va monomarkazlar tashkil etilayotganligi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.

Yoqutiston Tashqi aloqalar va xalq ishlari vaziri G.Kirillin koronavirus pandemiyasi davrida Yoqutistonda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, ishlab chiqarish va boshqa koʻplab sohalarda ishchi kuchlari yetishmayotgani va ularga boʻlgan talab yuqoriligi haqida soʻz yuritib, Oʻzbekiston bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Bosh konsulxona tadbir ishtirokchilariga koronavirus pandemiyasi davrida Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiyaga charter reyslar orqali olib kelish tartibi toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Shuningdek, ish beruvchilarning imkoniyatlari, mehnat migrantlariga yaratib beriladigan sharoitlar, ularga qoʻyiladigan talablar va ish haqi miqdori kabi masalalar atroflicha muhokama etildi.

Asosiy mavzular