02:33 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Migratsiya
Havola olish
253 0 0

Oʻz uyiga qaytishni istayotgan migrantlar bilan bogʻliq vaziyat Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubev tomonidan shaxsiy nazoratga olingan.

TOSHKENT, 8 sen — Sputnik, Aleksey Stefanov. Chorshanba kuni Rossiya hukumati oʻzbekistonliklarni Rostov-Don stantsiyasidagi tartibsiz ravishda yuzaga kelgan lagerdan Lixaya stantsiyasiga koʻchirishni rejalashtirgan. Lixaya stantsiyasida davlat tuzilmalari tomonidan vatanga qaytishga poyezd kutayotgan migrantlar uchun anchayin qulay shart-sharoitlarni yaratishgan. Bu haqda Sputnik agentligiga shahar maʼmuriyati va oʻzbek diasporasi vakillari xabar qilishdi.

Ushbu holat Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubevning shaxsiy nazoratiga olingan. Migrantlar yashab turgan lagerlarga viloyat hukumatining yuqori martabali xodimlari kelishgan.

Grajdane Uzbekistana v stixiynom palatochnom lagere na stantsii Pervomayskaya
© Sputnik / Sergey Pivovarov
Grajdane Uzbekistana na stantsii Pervomayskaya v stixiynom palatochnom lagere vo vremya ojidaniya vыvoznogo poyezda iz Rostova-na-Donu v Tashkent.

Oʻzbekiston fuqarolarining Rostov-Dondagi Pervomaysk stantsiyasida tartibsiz toʻplanishi holati bir necha hafta burun yuzaga kelgan — migrantlar koronavirus pandemiyasi davrida qishloq xoʻjaligida mavsumiy ishlar tugashi bilan uylariga qaytishmoqchi, ammo yopiq chegaralar tufayli buni amalga oshirisha olmayapti. Sputnik agentligiga Oʻzbek milliy madaniy markazi Qiyomxon Boboyevning maʼlum qilishicha, Pervomayskda migrantlar yashashi uchun shart-sharoitlar boʻlmagan. Odamlar qoʻlbola palatkalar oʻrnatib, hatto perexodlarda yashashgan. Ikki kun oldin esa Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan bir ayol farzandni dunyoga keltirgan, uni tugʻruqxonaga olib borishga ulgurishgan, hozirda ona va bola shifokorlar nazoratida boʻlib turibdi.

"Qoʻldan kelgancha yordam berdik. Vatandoshlarimiz soni bir necha yuzga yetganida, ularni ovqat bilan taʼminladik, vaziyatni amallab boshqarib turdik. Ammo ular mingdan oshib ketgach, yordam bera olmay qoldik - imkoniyatimiz chegarasiz emas. Xudoga shukrki, kuni kecha muammoni bartaraf etish ishlariga Rostov viloyati gubernatori, Rostov shahri meriyasi, shahar maʼmuriyati qoʻshilishdi", - deya tushuntiradi Qiyomxon Boboyev.

Oʻzbekistonga olib boradigan navbatdagi poyezdga 950 kishini oʻtqazishga muvaffaq boʻlingan. Ammo hozircha yana 3 mingga yaqin ishchilar oʻsha joyning oʻzida qolmoqda. Hozirda diaspora vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh konsulligi bilan birgalikda Rostov-Donda qolib ketgan Oʻzbekiston fuqarolari roʻyxatini tuzishmoqda.

"Ertaga (yaʼni bugun - tahr) Rossiya temir yoʻllari bilan kelishgan holda Pervomaysk stantsiyasiga elektrichka kelib, barcha xohlovchilarni Lixaya stantsiyasiga koʻchirib oʻtkazadi. U yerda yashash sharoiti tamomila boshqacha boʻladi - vaziyat region rahbarining shaxsiy nazoratiga olingan, voqea joyiga esa gubernator oʻrinbosari Viktor Vovk va iqtisodiy taraqqiyot vaziri Maksim Papushenko kelishdi", - deydi Boboyev.

Rostov-Don administratsiyasi Sputnik nashriga ertaga (bugun) Pervomayskdan Lixaya stantsiyasi tomon elektrichka yoʻlga chiqishini tasdiqladi.

"U yerda Oʻzbekiston fuqarolari uchun sharoitlar yaratildi, palatkalar shaharchasi qurildi, ichimlik suvi, texnik suv olib kelindi. Oziq-ovqat - krupalar, makaronlar, yogʻ, choy yetkaziladi", — deya taʼkidlashdi idora vakillari.

Hozirda shahar administratsiyasi Oʻzbekiston Bosh konsulligidan toʻplanib turgan fuqarolar roʻyxatini kutmoqda. Shu roʻyxat asosida migrantlar Oʻzbekistonga olib chiqiladi.

Asosiy mavzular