04:25 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Migratsiya
Havola olish
174 0 0

Rossiya IIV migrantlarga shaxsini identifikatsiya qilish uchun ID-karta berish taklifini kiritdi. Uning amal qilish muddati 10 yilni tashkil etishi mumkin.

TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. Rossiya Ichki ishlar vazirligi chet elliklarga shaxsiy maʼlumotlari boʻlgan ID-karta berishni taklif qilmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Federal qonunga oʻzgartirish kiritish kontseptsiya loyihasi Rossiyada uzoq muddat boʻladigan va doimiy yashashga ruxsat olgan chet el fuqarolariga ID-kartalarni berish mumkinligini nazarda tutadi.

Loyihaga koʻra, karta chet ellikning arizasiga binoan beriladi. Uni olish uchun barmoq izlarini topshirish, suratga tushish va tibbiy koʻrikdan oʻtish talab etiladi. Kartaning amal qilish muddatini 10 yil etib belgilash rejalashtirilmoqda.

Agar migrant Rossiyada 90 sutkadan kam muddatda yashashni rejalashtirayotgan boʻlsa, karta olish shart emas.

“Turli toifadagi chet el fuqarolari uchun mavqeiga qarab ID-kartani amal qilish muddatini toʻxtatib qoʻyish va yana qayta tiklashning turli asoslarini belgilash taklif qilinmoqda”, - deyilgan hujjatda.

Karta mamlakat texnologiyalari asosida tayyorlanishi, qalbakilaridan kriptografik muhofazaga ega boʻlishi kerak. Shuningdek, u Internetda yuridik operatsiyalarni oʻtkazishga imkon berishi darkor.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiyada “nomaqbul” xorijliklarni chiqarib yuborishning yangi usuli qoʻllanilishi xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular