Migrantlar uchun avans soliq to‘lovini joriy etish taklif qilindi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishKliyent Sberbanka vnosit nalichnie dengi v bankomat
Kliyent Sberbanka vnosit nalichnie dengi v bankomat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan mehnat migrantlari uchun avans soliq to‘lovini joriy etish taklif qilindi.

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Rossiya Ichki ishlar vazirligi mamlakatga ishlash uchun keladigan xorijliklar uchun belgilangan avans to‘lovini joriy etishni taklif qildi.

Ocheredi migrantov v UFMS - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada migrantlarga ID-karta berish taklif qilindi

Bu migratsiya masalalari bo‘yicha tayyorlangan yangi federal qonun loyihasining konsepsiyasida keltirilgan. RIA Novosti xabariga asosan.

Bu soliqni to‘lash uchun elektron patent zarur bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda. Migrantni ishga olmoqchi bo‘lgan ish beruvchilar - jismoniy, yuridik shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘zlarining shaxsiy kabinetlarida ro‘yxatdan o‘tishlari (ehtimol davlat va kommunal xizmatlarning yagona portalida) va maxsus shaklni to‘ldirishlari kerak.

Tizimda ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, chet el ishchi kuchini jalb qiladigan ish beruvchilar reyestriga kiritish uchun elektron shaklda arizani to‘ldirish kerak bo‘ladi.

Shuningdek, qonun loyihasida chet elliklarni ishga yollash shartlarini aks ettirish ko‘zda tutilmoqda: masalan, bu toifadagi ishchilar uchun hududdagi o‘rtacha ish haqiga to‘g‘ri keladigan maosh, Rossiya qonunlarini buzganlik uchun to‘lanmagan jarimalar yo‘qligi haqidagi ma’lumotlar.

Konsepsiyaga muvofiq, belgilangan avans to‘lovi shaklida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (NDFL) to‘lanmagan taqdirda, migrantlarga 15 kun ichida soliq to‘lash haqidagi xabarnoma yuboriladi. Rad etilgan taqdirda soliq to‘lamagan shaxs Rossiyada ishlash taqiqlanishi va ehtimol mamlakatdan deport qilinishi mumkin.

Bundan avval, chet elliklarga shaxsiy ma’lumotlari bo‘lgan ID-karta berishni taklif qilingani haqida xabar bergandik.

Yangiliklar lentasi
0