06:23 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Migratsiya
Havola olish
418 0 0

Moskva hukumati huzuridagi Millatlar ishlari boʻyicha kengashining migratsiya komissiyasi raisi Yuriy Moskovskiy Rossiya fuqaroligi toʻgʻrisidagi yangi federal qonun kontseptsiyasi yuzasidan fikr bildirdi.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi yangi federal qonun kontseptsiyasini tayyorladi va muhokama qilmoqda. Qonun Rossiya fuqaroligini olish va chet elliklarning ishga joylashishini soddalashtiradi.

Federal qonun loyihasi 2021 yilda paydo boʻlishi mumkin.

“Bu masalani koʻrib chiqish vaqti kelgan, men allaqachon buni koʻrib chiqish kerak edi degan boʻlardim. Tartibni soddalashtirish – bu avvalo Rossiya davlatiga katta yengillik, chunki qoʻshimcha qogʻozbozlik ishlari ham byudjet, ham kadrlarga talaygina ogʻirlik qiladi”, - dedi “Dobrososedstvo” Xalqaro aloqalarni rivojlantirish jamgʻarmasi loyihalari direktori Yuriy Moskovskiy.

Uning soʻzlariga koʻra, migratsiya qonunchiligini soddalashtirishga qarshi chiqayotganlar oʻz pozitsiyalarini bu Rossiyada nazorat qilib boʻlmaydigan migratsiyaga olib kelishi bilan asoslashmoqda.

Ammo Moskovskiy bularning barchasi aksincha deb hisoblaydi.

“Bu, birinchi navbatda, Rossiya fuqarolariga foyda keltiradi. Tabiiyki, bu Rossiya fuqaroligini olishga intilayotgan chet el fuqarolari uchun ham yengillik boʻladi. Men shunday degan boʻlardim: qonunchilikka oʻzgartirish kiritish zaruriyati bor, texnik nuqtai nazaridan ham buni qilish juda oson. Eng muhimi, osonlashtirish oʻrniga murakkablashtirib qoʻyilmasin”, - deya taʼkidladi ekspert.

Moskovskiyning fikriga koʻra, shu bilan birga Rossiyada yashash guvohnomasi (VNJ)
kvotalarini kengaytirish va ular toifalarini saqlab qolish zarur. Shuningdek, olish jarayonini osonlashtirilib, kvota olish esa murakkablashtirib yuborilmasligi muhim.

Pochemu uproщennoye polucheniye grajdanstva vыgodno i migrantam, i Rossii — ekspert

Asosiy mavzular