13:34 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Migratsiya
Havola olish
604 0 0

Tartibli migratsiya: migrantlar majburiy tartibda til va kasb-hunarga oʻqitiladi, soliq toʻlashi, pensiya taʼminoti va ijtimoiy himoyasi yoʻlga qoʻyiladi.

TOSHKENT, 15 sen – Sputnik. 2021 yilning 1 yanvaridan boshlab mehnat migrantlari ham oʻz-oʻzini band qilgan fuqarolar sifatida roʻyxatga olinadi va belgilangan tartibda soliq toʻlaydi. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev 14 sentyabr kuni imzolagan “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida aytib oʻtilgan.

Tartibli migratsiya

“2021 yil 1 yanvardan boshlab tashkillashtirilgan holda xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish – oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlariga tenglashtiriladi hamda ushbu shaxslarga oʻzini oʻzi band qilganlar uchun belgilangan soliqlarni toʻlash hamda pensiya miqdorini hisoblash tartibi qoʻllaniladi”, - deyilgan prezident Qarorida.

Undan tashqari xorijga mehnat faoliyatini oshirish maqsadida yuborilayotgan fuqarolar ketishidan oldin majburiy tartibda kasb-hunar va til oʻrgatiladi.

Ushbu maqsadlarda, “Ishga marhamat” monomarkazlari, shahar, tuman va mahalla kasb hunarga oʻqitish markazlari ochiladi.

Undan tashqari Yaponiya, Rossiya va BAA bilan hamkorlikda yapon tili oʻrgatish, xizmat koʻrsatish sohasida bilim berish, payvandlash kabi kasblarni oʻqitish yoʻlga qoʻyiladi.   

Rossiya bilan migratsiya sohasida hamkorlik

Migratsiya sohasida Rossiya bilan hamkorlik yanada chuqurlashtiriladi. Xususan, Oʻzbekistonda Rossiya IIVning pasport-viza xizmati vakolatxonasi ochilishi rejalashtirilgan.

2021 yil 1 yanvarga qadar Oʻzbekistonda Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining pasport-viza xizmati vakolatxonasi ochiladi hamda ushbu vakolatxonada patentni tayyorlash, rasmiylashtirish va berish xizmatlari koʻrsatiladi, - deyilgan qarorda.

Undan tashqari Yekaterinburg, Novosibirsk, Samara, Ufa shaharlarida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonalari ochiladi.

Rossiya Federatsiyasi, (shuningdek Qozogʻiston Turkiyada ham) mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar uchun onlayn platforma yaratiladi “Call-markaz” xizmati tashkil qilinadi;

Shuningdek mehnat migrantlariga huquqiy yordam koʻrsatish maqsadida advokatlik firmalari jalb qilinadi;

Migrantlar ijtimoiy himoya qilinadi

2021 yil 1 yanvardan boshlab boʻlajak migrantlar oila aʼzolari “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da kam taʼminlangan oila sifatida roʻyxatga olinadi. Oila aʼzolari mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketayotganda  - mikroqarzlar beriladi.

Yoʻl puli va dastlabki xarajatlarni qoplash uchun beriladigan mikroqarzlar 10 mln soʻmgacha bir yil muddatga past foiz stavkasida (14-21%) beriladi.

Chet davlatlarda murakkab moliyaviy ahvolga tushgan 10 mingga yaqin fuqarolarga 446 ming soʻmdan  (40 doll) bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi. Ushbu maqsadlarga 4,1 mlrd soʻm mablagʻ ajratiladi;

Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni reintegratsiya qilinadi, shu jumladan ularning bandligi taʼminlanadi, kasbiy malakasi oshiriladi va tadbirkorlik tashabbuslari ragʻbatlantiriladi.

Asosiy mavzular