06:48 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Migratsiya
Havola olish
578 0 0

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi va uning Novosibirsk, Yekaterinburg, Samara, Ufa viloyatlarida tashkil etilayotgan filiallari va "Rostrud" oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish kabi masalalar yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishildi.

TOSHKENT, 18 sen - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston oʻrtasida mehnat migratsiyasi sohasida bir qator masalalar yuzasidan muzokaralar oʻtkazish va kelishuvlarga erishish maqsadida mutasaddi idoralar vakillaridan iborat delegatsiya aʼzolari Rossiyaga joʻnab ketishgan edi.

Tashrif doirasida Rossiyaning Mehnat va bandlik boʻyicha federal xizmatida Oʻzbekiston Bosh vazirining maslahatchisi – Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti mudiri Mexriddin Xayriddinov, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari E.Muxitdinov, Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov, "Rostrud" rahbari Mixail Ivankov va boshqalar ishtirokida muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda qayd etilishicha, pandemiya paytida Rossiyada ishsizlar soni 3,5 millionga yetib, ishsizlik darajasi 4,7 %ni tashkil etmoqda. Ishsizlikni kamaytirish maqsadida bandlik xizmatlari faoliyatini "xizmatlar koʻrsatish"dan "muammolarni hal qilish" usuliga oʻzgartirish, tegishli yangi standartlar va mehnat qoidalarini joriy etish kabi tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Muzokaralarda Oʻzbekiston delegatsiyasi tomonidan pandemiya sharoitida Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiyaga ishlashga jalb qilish uchun Rossiya hukumatining Maxsus komissiyasidan (tezkor shtab) ruxsat olish, mehnat migrantlari huquqlari himoyasini taʼminlash boʻyicha yuridik firmalar bilan oʻzaro aloqalar oʻrtanish, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi va uning Novosibirsk, Yekaterinburg, Samara, Ufa viloyatlarida yangi tashkil etilayotgan filiallari va "Rostrud" oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, mehnat migratsiyasiga oid ikki davlat oʻrtasidagi boshqa masalalar yuzasidan bildirilgan takliflar boʻyicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Oʻzbekiston delegatsiyasining tashrifi davom etmoqda.

Asosiy mavzular