13:55 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Migratsiya
Havola olish
436 0 0

May oyidan boshlab vatanga qaytishni istovchi Oʻzbekiston fuqarolari muntazam ravishda Samara, Orenburg va Rostov viloyatlarida toʻplanib kelmoqdalar.

TOSHKENT, 19 sen — Sputnik. COVID-19 koronavirusi pandemiyasi fonida barcha turdagi qatnovlarning yopilishi tufayli Samara viloyatida qolib ketgan Oʻzbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish maqsadida yana toʻrtta poyezd tashkil etiladi. Bu haqda Samara viloyati hukumati saytida xabar berilgan.

Vatanga qaytmoqchi boʻlgan oʻzbekistonliklar 15 avgustdan Kinelga kelishni boshlagan edilar. Avvaliga migrantlar temiryoʻl vokzali platformasida joylashgan edilar. 21 avgust kuni region hukumati ular uchun palatkali lagerni qurib berdi. Sovuq kunlar boshlanishi bilan isitish tizimlari ham tashkil etildi.

"Migrantlarni oʻz manziliga yetkazish uchun sakkizta poyezd yuborildi, yana toʻrtta poyezd tashkillashtiriladi. Shuningdek, Kurumoch aeroportidan chiqish reyslari rejalashtirilgan", — deyiladi xabarda.

Samara viloyatiga kirishda yana nazorat postlari ishga tushdi — ular shu jumladan, lagerda koronavirus oʻchoqlari paydo boʻlishi xatarlarini pasaytirish ustida ish olib bormoqda, deb xabar qiladi matbuot-xizmati.

Toshkentda fuqarolardan Rossiya-Qozogʻiston chegarasida muntazam toʻplanmaslikni va RFda yashash joyi boʻyicha chiqish reyslari navbatini kutishni munzatam soʻrab keladi. Ammo Oʻzbekistonga qaytish istagida boʻlgan yuzlab fuqarolar may oyidan boshlab muntazam ravishda Rossiyaning Samara, Orenburg va Rostov viloyatlarida toʻplanib keladilar. Respublika hukumati avtobus va temir-yoʻl transporti orqali oʻng mingdan ziyod vatandoshlarni olib chiqdi.

1 oktyabr sanasidan boshlab Oʻzbekiston oʻz chegarasini barcha turdagi transport vositalari uchun ochmoqda, shu munosabat bilan oldinroq kiritilgan karantin choralarining barchasi bekor qilindi.

Asosiy mavzular