15:29 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Migratsiya
Havola olish
467 0 0

Taʼkidlanishicha, ularning transport, ovqatlanish, patent va yashash xarajatlari, agarda ishchida kasallik aniqlansa, uning davolanishi ish beruvchi kompaniyalar tomonidan taʼminlanadi.

TOSHKENT, 20 sen — Sputnik. Amur viloyatidagi zavod qurilishida ishlash uchun yana 346 nafar fuqaro joʻnab ketdi. Bu haqda  Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, ularning transport, ovqatlanish, patent va yashash xarajatlari, agarda ishchida kasallik aniqlansa, uning davolanishi ish beruvchi kompaniyalar tomonidan taʼminlanadi. Ular 14 kunlik karantindan soʻng belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda qurilish obʼyektlarida ish boshlaydi.

Xabarda yozilishicha, ular Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishida ishlashadi. Ilgari ushbu zavodda ishlash uchun Oʻzbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish boʻyicha kelishuvga erishilgan edi.

Eslatib oʻtamiz, 31 iyul kuni 144, 12 avgust kuni 84, 30 avgust kuni esa 287 fuqarolar aynan mazkur zavod qurilishida ishlash uchun tashkillashtirilgan holda joʻnab ketgan edi.

Yil yakuniga qadar 5 mingga yaqin fuqarolarning mazkur zavod qurilishga ishga jalb qilinishi rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular