15:27 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Migratsiya
Havola olish
601 0 0

Bu vaqt oraligʻida fuqarolarga nisbatan maʼmuriy chiqarib yuborish, deportatsiya qilish, ilgari berilgan vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma, yashash uchun ruxsatnoma, ishlash uchun ruxsatnoma va patentni bekor qilish, shuningdek Rossiyaga kirishni taqiqlash kabi choralar qoʻllanilmaydi.

TOSHKENT, 22 sen - Sputnik. Rossiyada oʻzbekistonlik mehnat migrantlariga 2020 yil 15 dekabrgacha imtiyozlar beriladi, deb xabar qildi Tashqi migratsiya agentligi matbuot-xizmati.

Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida mehnat migratsiyasi sohasida bir qator masalalar yuzasidan muzokaralar oʻtkazish va aniq kelishuvlarga erishish maqsadida Oʻzbekiston Bosh vazirining maslahatchisi M.Xayriddinov boshchiligidagi delegatsiyaning tashrifi doirasida Rossiya Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari, politsiya general-polkovnigi A.Gorov bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi hududidagi oʻzbekistonlik mehnat migrantlarining holati, xususan, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining amal qilish muddati uzaytirilishi rejalashtirilayotgan 2020 yil 18 apreldagi "Rossiya Federatsiyasidagi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holatini yangi koronavirus infektsiyasi keng tarqalishi xavfi munosabati bilan tartibga solish boʻyicha vaqtinchalik chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi farmoniga alohida urgʻu berildi.

Rossiya tomonining maʼlum qilishicha, ushbu farmonga muvofiq, Rossiya Federatsiyasi hududida nolegal boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari roʻyxatdan oʻtish va ruxsat beruvchi boshqa hujjatlarning amal qilish muddati tugashidan (15 martgacha yoki undan keyin) qatʼi nazar yashash manzili boʻyicha Rossiya Federatsiyasi IIV organlariga murojaat qilib, 2020 yilning 15 dekabriga qadar mamlakatda boʻlishni qonuniylashtirish mumkin.

Fuqarolarga nisbatan maʼmuriy chiqarib yuborish, deportatsiya qilish, ilgari berilgan vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma, yashash uchun ruxsatnoma, ishlash uchun ruxsatnoma va patentni bekor qilish, shuningdek Rossiyaga kirishni taqiqlash kabi choralar qoʻllanilmaydi.

Shu munosabat bilan, Rossiya hududida nolegal holatda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini berilgan huquqlardan foydalanib, mamlakatda boʻlishini qonuniylashtirishga chaqiramiz, deyiladi xabarda.

Asosiy mavzular