01:09 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Migratsiya
Havola olish
83410

Fuqaroning koronavirus bilan kasallangani tasdiqlanmagan. Marhumning jasadi charter reys orqali Oʻzbekistonga joʻnatilgan.

TOSHKENT, 24 sen - Sputnik. Maxsus poyezdga chiqarish chogʻida Oʻzbekiston fuqarosi oʻzini yomon his qila boshlagan va tez tibbiy yordam yetib kelgunicha u vafot etgan. Bu haqda TIV Konsullik-huquqiy departamenti maʼlum qildi.

"2020 yil 19 sentyabr kuni hamyurtlarimizni maxsus poyezdga chiqarish chogʻida yoʻlovchilardan biri – 1987 yil 13 sentyabrda tugʻilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi R.J. "Lixaya" stantsiyasi old tomonidagi maydonda oʻzini yomon his qila boshlagan va tez tibbiy yordam yetib kelgunicha u vafot etgan", - deyiladi xabarda.

Oʻzbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi bergan maʼlumotga koʻra, fuqaro palatkali lagerda yashamagan. Sankt-Peterburg shahridan yetib kelgach, R.J. sogʻligi yomonlashgani sababli 14 sentyaabr kuni Shaxti shahri Markaziy shahar shifoxonasiga yotqizilgan va u yerdan "Lixaya" stantsiyasiga olib borilgan.

Fuqaroning koronavirus bilan kasallangani tasdiqlanmagan.

Marhumning jasadi charter reys orqali Oʻzbekistonga joʻnatilgan.

Asosiy mavzular