18:44 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Migratsiya
Havola olish
40110

Mikroqarzlar xorijda ishga joylashish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun 10 million soʻmgacha miqdorda 1 yil muddatga beriladi

TOSHKENT, 25 sen - Sputnik. Oʻzbekistonda mehnat migrantlariga 10 million soʻmgacha mikroqarzlar beriladi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali boshligʻi Abduaziz Xafizov maʼlum qildi.

"Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" prezident qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi joriy etiladi", - deydi Xafizov.

Taʼkidlanishicha, 2021 yil 1 yanvardan:

"Ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimi"ga kiritilgan kam taʼminlangan oila aʼzosi tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yoʻli bilan vaqtinchalik ishlash uchun xorijga chiqayotganda ularga mikroqarzlar berish tartibi joriy qilinadi;

mikroqarzlar xorijda ishga joylashish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun 10 million soʻmgacha miqdorda 1 yil muddatga beriladi;

mikroqarz foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin asosiy stavkaning 1,5 baravaridan koʻp boʻlmagan qismi kompensatsiya qilinadi.

Eslatib etamiz, bungacha vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga joʻnab ketayotgan Oʻzbekiston fuqarolariga xorijda ishga joylashish xarajatlarini qoplash maqsadida bir yil muddatga 2 million soʻm miqdorida mikroqarzlar taqdim etiladi.

Bunda mikroqarzlarni rasmiylashtirish jarayoni bir bank kunida amalga oshirilib, buning uchun pasport, ariza kabi minimal hujjatlar talab qilinadi.

Asosiy mavzular