13:30 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Migratsiya
Havola olish
313 0 0

Bu tashabbus prezident farmonida koʻzda tutilgan va Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Worldskills Russia va Rossiya Xalqlar doʻstligi universiteti oʻrtasidagi qoʻshma bitimi bilan mustahkamlangan.

TOSHKENT, 25 sen — Sputnik. Endi Rossiyaga ishlash uchun kelgan oʻzbekistonlik migrantlar Moskva va Rossiyaning boshqa 4ta shaharida bepul tashkil etilgan kurslarda oʻzlarining kasb-hunar mahoratlari va rus tilidagi bilimlarini oshirishlari mumkin.

Yaqinda bunday kurslar Sankt-Peterburg, Qozon, Yekaterinburg va Novosibirskda boshlanadi.

Mashgʻulotlar har kuni, migrantlar uchun qulay vaqtda, yaʼni ertalab, kechqurun, ish kunlari yoki dam olish kunlari oʻtkaziladi. Oʻquv dasturlar har bir guruh uchun alohida tuziladi – kimdir elektrotexnika boʻyicha kursdan oʻtishi mumkin, kimdir qurilish sohasini oʻrganadi, kimdir avval rus tilini oʻrganishi kerak.

Taʼkidlash joizki, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi zarur boʻlsa oʻquv kursi tinglovchilariga turar joy, ovqatlanish va kurslar oʻtkaziladigan joyga yetib kelishni bilan taʼminlaydi. Bu haqda kursning ochiq eshiklar kunlarida maʼlum qilindi.

Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari Erkin Muxitdinovning soʻzlariga koʻra, Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan oʻzbekistonliklar uchun kasblar va rus tilini oʻqitish ularning mehnat bozorida mutaxassis sifatida oʻz oʻrnini sezilarli darajada mustahkamlaydi, bu ularning daromadlari va hayot sifatini oshiradi. WorldSkills Russia va Rossiya Xalqlar Doʻstligi universitetidan hamkorlar bilan birgalikdagi faoliyat, vazirning oʻrinbosari, Rossiyada ishlayotgan minglab oʻzbekistonlik migrantlarning kasbiy malakasi va rus tilini bilish darajasini oshirish boʻyicha rejalashtirilgan maqsadlarga erishishga imkon beradi, deb hisoblaydi.

Tadbirda ishtirok etish uchun birinchi bosqichda Oʻzbekistondan 100 nafardan ziyod migrant taklif qilindi. Oʻquv-guruhlarga qabul qilish davom etmoqda. Tashkilotchilarning fikriga koʻra, oʻqitishga talab juda katta - migrantlar Rossiya bozori talablariga javob berish uchun kasbiy mahoratga ega boʻlish zarurligini tushunmoqdalar.

Oʻquv kurslar nafaqat nazariy, balki amaliy tarzda oʻtkaziladi. Potentsial ish beruvchilar migrantlarning malakasini oshirish uchun qurilish maydonlarini taqdim etishga tayyor.

Masalan, Moskvada 40 dan ortiq qurilish loyihalariga ega boʻlgan "Mospromstroy" kompaniyalar guruhi oʻz xodimlari uchun treninglar tashkil qildi va kurs bitiruvchilarini ish bilan taʼminlash masalasini koʻrib chiqishga tayyor.

"Kurs tinglovchilari professional terminologiyani oʻzlashtirishi va keyinchalik mehnat bozorida samarali muloqot qilishi mumkin boʻladi", - dedi Alina Doskanova, WorldSkills Russia xalqaro direktori bosh direktorining oʻrinbosari, Rossiyadan WorldSkills International, WorldSkills Europe va WorldSkills Asiadagi texnik delegati. Biz respublikada WorldSkills harakatini rivojlanishning birinchi bosqichini yakunladik va WorldSkills standartlari boʻyicha mustaqil baholashni ishlab chiqishga, shuningdek WorldSkills usullaridan foydalangan holda intensiv dasturlarda oʻqitishni tashkil etishga qaratilgan ikkinchi bosqichga oʻtmoqdamiz".

Oʻquv-kursni tugatgandan soʻng, ishtirokchilar Worldskills Russia tomonidan Skills-pasportini olishadi va ular oʻziga mos boʻlgan va yuqori maoshli ish topishlari mumkin.

Loyihaning axborot sherigi - Migrant.mobi portali.

Asosiy mavzular