Andijonliklar Moskva va Baykalorti shaharlariga ishga jalb qilinadi

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchinsev / Mediabankka o‘tishSmog v Chite, vizvanniy deystvuyushimi lesnimi pojarami na territorii Krasnoyarskogo kraya.
Smog v Chite, vizvanniy deystvuyushimi lesnimi pojarami na territorii Krasnoyarskogo kraya. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Baykalorti o‘lkasida 3500 dan ziyod ish o‘rni mavjud bo‘lib, asosan qurilish-ta’mirlash ishlariga malakali mutaxassislar talab etilmoqda.

TOShKENT, 26 sen - Sputnik. Andijon viloyatidan Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari Moskva shahridagi "INTEKO" qurilish kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashib, ushbu hududdagi yirik qurilish obyektlariga andijonlik malakali quruvchilarni ishga jalb qilish yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

V Moskve startovali profkursi dlya migrantov iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada migrantlar uchun kasb-hunar kurslari boshlandi

Muzokaralar davomida kompaniya rahbari ayni paytda 3 ming nafargacha ishchi kuchiga ehtiyoj borligini ma’lum qildi. Uchrashuv yakunida malakali ishchilarni yetkazib berish va ish bilan ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari Baykalorti o‘lkasi markazi – Chita shahrida bo‘lib, hukumat vakillari bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish va mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish va ularni ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, Baykalorti o‘lkasida 3500 dan ziyod ish o‘rni mavjud bo‘lib, asosan qurilish-ta’mirlash ishlariga malakali mutaxassislar talab etilmoqda. Bu borada hududlararo kelishuvga erishilib, kelgusida tashkillashtirilgan holda ishchilarni yuborish, hujjatlarni rasmiylashtirish, ishlash vaqtida huquqlarini himoya qilish masalalari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0