12:53 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Migratsiya
Havola olish
118 0 0

Markaz huquqiy va psixologik yordam koʻrsatish, chet tillarni oʻrganish kurslarini tashkil etish, Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish, turli tadbir va seminarlar oʻtkazishga moʻljallangan

TOSHKENT, 29 sen — Sputnik. Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Oʻzbekistondan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun borgan fuqarolarni moslashtirish markazi ochildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida mehnat migratsiyasi sohasida bir qator masalalar yuzasidan muzokaralar oʻtkazish va aniq kelishuvlarga erishish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillaridan iborat delegatsiya aʼzolari Rossiyada boʻlib turibdi.

Delegatsiya aʼzolari Sankt-Peterburg shahridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasining hamda “Ishga marhamat” monomarkazining moslashtirish markazi tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

Agentlik xabariga koʻra, markaz huquqiy va psixologik yordam koʻrsatish, chet tillarni oʻrganish kurslarini tashkil etish, Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish, turli tadbir va seminarlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Moskvada migrantlar uchun kasb-hunar kurslari boshlangani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular