09:21 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Migratsiya
Havola olish
Migratsiya (77)
409 0 0

Tashqi ishlar vazirligi rasmiy axborotiga koʻra, Rossiya va Qozogʻiston oʻrtasidagi avtomobil chegaralari tomonlar ushbu masala boʻyicha maxsus qaror qabul qilgunga qadar chet el fuqarolari uchun yopiq qolmoqda

TOSHKENT, 29 sen - Sputnik. Oʻzbekiston TIV soʻnggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda Rossiya-Qozogʻiston davlatlararo chegarasi joriy yilning 1-oktyabridan ochilishi haqida tarqatilayotgan xabarlarga ishonmaslikka chaqirmoqda.

"Oʻzbekistonning Rossiyadagi diplomatik vakolatonalari xabar berishicha, soʻnggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda Rossiya-Qozogʻiston davlatlararo chegarasi joriy yilning 1-oktyabridan ochilishi hamda Rossiyadagi Oʻzbekiston fuqarolari Qozogʻiston hududi orqali Oʻzbekistonga qaytishlari mumkinligi haqidagi yolgʻon xabarlar tarqalmoqda. Bundan tashqari, yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanadigan ayrim shaxslar shaxsiy avtomobil vositalarida Oʻzbekistonga qaytish toʻgʻrisida turli eʼlonlar tarqatmoqdalar. Hamyurtlarimizdan bu kabi yolgʻon xabarlarga ishonmasliklarini soʻraymiz. Rossiya va Qozogʻiston oʻrtasidagi avtomobil chegaralari tomonlar ushbu masala boʻyicha maxsus qaror qabul qilgunga qadar chet el fuqarolari uchun yopiq qolishi haqida maʼlum qilamiz", - deyiladi xabarda.

Hozirda vatanga qaytishni istagidagi Oʻzbekiston fuqarolari uchun avia, temir yoʻl va avtobus charter qatnovlari tashkil etilmoqda. Ushbu reyslarga chiptalar onlayn tarzda sotilmoqda.

Shuningdek, TIV 29-sentyabr holatiga koʻra Samara viloyatining "Kinel", Rostov viloyatining "Pervomayskaya" va "Lixaya" temir yoʻl stantsiyalari yaqinida Oʻzbekiston fuqarolarining toʻplanishi kuzatilmayotgani haqida qoʻshimcha maʼlumot taqdim etgan.

"Koronavirus infektsiyasi pandemiyasi tarqalayotgan bir paytda fuqarolarning bir joyda toʻplanishi ularning virus bilan kasallanish ehtimolini keskin oshiradi. Bunday holat ayniqsa qariyalar, bemorlar, surunkali kasalligi bor fuqarolar uchun nihoyatda xavflidir.

Rossiya hududida boʻlgan vatandoshlarimizdan joylarda toʻplanmaslik, barcha karantin talablariga qatʼiy rioya qilish hamda oʻzlari va yaqinlari salomatligini xavf ostiga qoʻymasliklarini yana bir bor soʻraymiz", - deyiladi TIV murojaatida.

Mavzu:
Migratsiya (77)

Asosiy mavzular