13:26 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Migratsiya
Havola olish
1885 0 0

Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi elchixonasi bergan maʼlumotga koʻra elchixonadan ruxsatnoma olishi shart emas.

TOSHKENT, 2 okt - Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali boshligʻi Abduaziz Xafizov Rossiyaga kimlar va qanday qilib kirishlari mumkinligiga aniqlik kiritdi.

Rossiya Federatsiyasi Hukumatining 2020 yil 16 martdagi 635-r-sonli qaroriga koʻra joriy yilning 18 martidan boshlab Rossiya Federatsiyasiga quyidagi horijiy fuqarolar kirishiga ruxsat berilgan:

- Rossiya Federatsiyasi hududidagi akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarning xodimlari, halqaro tashkilotlar va ularning vakolatxonalari, shuningdek, ushbu shaxslarning oila aʼzolari;

- halqaro avtomobil yoʻnalishidagi xaydovchilar, xavo, dengiz va daryo kemalarning ekipajlari, halqaro yoʻnalishdagi temiryoʻl poyezdi va lokomativ brigadalari;

- rasmiy delegatsiya aʼzolari;

- yaqin qarindoshining vafoti sababli viza olgan shaxslar;

- Rossiya Federatsiyasida doimiy yashovchi shaxslar;

- havo yoʻllari orqali tranzit yoʻnalishida harakatlanuvchilar.

Xorijiy fuqarolar Rossiya Federatsiyasiga kirishi uchun yuqoridagi asoslardan biriga ega boʻlishi, COVID-19 koronavirus test topshirgani va 72 soat davomida amal qiluvchi manfiy PZR-test natijasi haqida  maʼlumotnoma, shuningdek, Rospotrebnadzor saytida www.rospotrebnadzor.ru eʼlon qilingan anketaning toʻldirilgan shakli boʻlishi lozim.

Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi elchixonasi bergan maʼlumotga koʻra elchixonadan ruxsatnoma olishi shart emas.

Rossiya chegarasidan oʻtishda oʻqish yoki ishlash maqsadi, shuningdek, vaqtinchalik (RVP) va uzoq muddat (VNJ) yashash huquqiga ega boʻlgan shaxslarga ham asos xisoblanmaydi, yaʼni oddiy qilib aytganda ushbu toifadagi shaxslar Rossiyaga vaqtincha bora olishmaydi.

Shu munosabat bilan, fuqarolardan Rossiyaga borishda nomalum shaxslarning har xil asoslanmagan takliflariga ishonmasliklari soʻraladi.

 

 

Asosiy mavzular