00:11 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Migratsiya
Havola olish
164 0 0

Moskvada mehnat migrantlari uchun bepul oʻquv kurslari ochiladi. Ehtiyoji boʻlgan tinglovchilar bepul yotoqxona bilan ham taʼminlanadi.

TOSHKENT, 5 okt - Sputnik. Moskvada mehnat migrantlari uchun yangi bepul oʻquv kursi ochildi, deb xabar qilmoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi. 

"Malyar ishi" nomli bepul oʻquv kurslari 8 oktyabrdan boshlanadi va darslar seshanba, payshanba va juma kunlari soat 19:30 dan 22:00 gacha boʻlib oʻtadi. Oʻqish davomiyligi rus tili - 1 oy (72 soat), kasb boʻyicha - 2 oy (144 soat), - deyilgan xabarda. 

Darslar 26-sonli Arxitektura, Dizayn va Reinjiniring kolledjida boʻlib oʻtadi. Manzil: Moskva sh., Sovxoznaya koʻchasi, 2-uy, str. 1.  "Lyublino" metro bekati yaqinida. Aloqa uchun telefon: +7 (926) 687-46-19. Telegram bot: @uzrivoj_bot

Xabarda aytilishiga koʻra, kursga qatnab oʻqishga imkoni boʻlmaganlar uchun oʻquv markazida yotoqxona tashkil etiladi. Mehnat migrantlari uchun oʻqish va turar joy xarajatlari bepul boʻladi. 

Oʻqish yakunida "World skills" standartlari asosida malaka darajasini koʻrsatuvchi skills passport (malaka pasporti) beriladi.

Ushbu loyiha Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, "World skills Uzbekistan" assotsiatsiyasi, "World skills Russia" ittifoqi va Rossiya xalqlar doʻstligi universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Asosiy mavzular