21:10 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Migratsiya
Havola olish
585 0 0

Amaldor ayrim holatlarda ishchi kuchi yetishmasligi loyihalarning amalga oshirish muddatini keyinga qoldirishga olib kelayotganini taʼkidladi.

TOSHKENT, 7 okt — Sputnik. Moskva hukumati pandemiyadan keyin shaharda mehnat migrantlari kamayganini qayd etdi. Bu haqda RIA Novostiga iqtisodiy siyosat masalalari boʻyicha shahar merining oʻrinbosari Vladimir Yefimov maʼlum qilgan.

“Afsuski, ha. Bizda koʻp migrantlar qurilishlarda va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasida ishlardi. Biz biznes, qurilish sohasidan birinchi navbatda mehnat resurslari taqchilligi haqida signal olyapmiz”,  -deya javob berdi Yefimov pandemiyadan keyin migrantlar kamaygani kuzatilyaptimi degan savolga.

Amaldor ayrim holatlarda ishchi kuchi yetishmasligi loyihalarning amalga oshirish muddatini keyinga qoldirishga olib kelayotganini taʼkidladi.

“Lekin umuman olganda vaziyat yetarli darajada barqaror. Mamlakatda qolgan va ishlashni davom ettirayotgan kishilar soni shaharni tozalash va asosiy loyihalarni bajarish bilan bogʻliq asosiy vazifalarni ijro etish uchun yetarli”, - deya qoʻshimcha qildi Yefimov.

Avvalroq Rossiya bosh vazir oʻrinbosari Marat Xusnullin ham qurilish maydonlarida migrantlar yetishmayotganini maʼlum qilgan edi.

Asosiy mavzular