22:15 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Migratsiya
Havola olish
408 0 0

Volgogradda toʻplanib qolgan migrantlar chodirlar va qurilayotgan masjid binosiga joylashtirildi - Krganov.

TOSHKENT, 8 okt — Sputnik. Yaqin xorijiy mamlakatlardan kelgan oʻn minglab mehnat migrantlari oʻz uylariga qaytishni istaydi, dedi Rossiya musulmonlari ulamo kengashi rahbari muftiy Albir Krganov RIA Novostiga.

Mehnat migrantlarini oʻz vataniga qaytarish borasida hozir vaziyat ancha murakkab. Turli asosli va asossiz xabarlar tarqalishi oqibatida mehnat migrantlari Volgograd viloyatiga yetib kelishgan. Oqibatda bu yerda oʻz vatanlariga qaytish uchun chipta ololmay 2000ga yaqin kishi toʻplanib qolgan. 

"Hukumat chodirlar oʻrnatib bergan, lekin hammaga joy yetmagan. Volgograd viloyati Musulmonlar markaziy boshqarmasi ularni qurilayotgan masjid binosiga joylashtirdi va migrantlarni vataniga qaytarishda yordam berdi", - deydi Krganov.  

Rossiya muftiysi mahalliy hukumat organlariga minnatdorlik bildirdi. 

Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon Oʻzbekistn hukumati bir necha oʻn minglab fuqarolarni vataniga qaytardi. Charter parvozlar maxsus tashkil qilingan poyezdlar va avtobus qatnovlari yoʻlga qoʻyildi. Shu bilan birga elchixona oʻzbekistonlik vatandoshlarga yana bir bor faqat rasmiy manbaalar orqali tarqatilayotgan maʼlumotlarga ishonishni eslatib oʻtgan. 

Oʻzbekiston 1 oktyabrdan boshlab barcha trasport turlari uchun chegaralarni ochgan va karantin chorlarini yumshatgan edi. 

Asosiy mavzular