22:53 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Migratsiya
Havola olish
79010

Rossiya FMX rahbari bugungi kunda Oʻzbekiston fuqarolari qanday tartibda Rossiya hududiga kirishi mumkinligini aytdi.

TOSHKENT, 9 okt – Sputnik. Bugungi kunda faqat yuqori malakali mutaxassislar Rossiya hududiga kirishi mumkin, dedi IIV Migratsiya Bosh boshqarmasi boshligʻi general-leytenant Valentina Kazakova Sputnik bilan boʻlgan intervyuda.

"Bugungi kunda xorijiy fuqarolar Rossiya hududiga faqat Federal Hukumat organlarining maxsus taklifnomasiga (xodotaystvo) asosan kirib kelishlari mumkin. (17:25) Yaʼni ular – yo yuqori malakali mutaxassis yoki alohida uskunalari sozlash uchun chaqirilgan mutaxassislar boʻlishi kerak", - dedi Kazakova.   

Oʻzbekiston fuqarolari uchun ham shunday tartib amal qiladi. Rossiya hududiga kirish uchun ular ham Federal hukmuat organining taklifnomasiga ega boʻlishlari kerak. (19:55)

Shuningdek, Rossiyaga kirib kelgandan soʻng barcha xorijiy fuqarolar uchun 14 kunlik oʻzini oʻzi yakklash taritiba amal qiladi. Undan tashqari kirib kelishdan 3 kun oldin olingan COVID yoʻqligi haqidagi maʼlumotnomaga ega boʻlishi kerak.

Rossiya Federatsiyasidan chiqishda xorijiy fuqarolar uchun hech qanday cheklov yoʻq. Avia yoki temiryoʻl transporti vositasi boʻlgan taqdirda xorijiy fuqarolar Rossiya hududini erkin tark etishlari mumkin.

Eslatib oʻtamiz, 20 sentyabrdan boshlab Rossiya hududiga Qozogʻiston, Belarus, Qirgʻiziston va Koreya Respublikasi fuqarolari havo transporti orqali erkin kirib kelishlari mumkin.

FMX rahbari Valentina Kazakova bilan boʻlgan intervyuning toʻliq videosi bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Asosiy mavzular