Rossiyada migratsiya sohasini katta o‘zgarishlar kutmoqda – FMX rahbari

© Sputnik / Nina ZotinaNachalnik Glavnogo upravleniya po voprosam migratsii MVD RF general-leytenant Valentina Kazakova
Nachalnik Glavnogo upravleniya po voprosam migratsii MVD RF general-leytenant Valentina Kazakova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaqin kelajakda Rossiyada xorijiy fuqarolarni ishga qabul qilish tartibi mutlaq o‘zgarishi mumkin, dedi FMX rahbari Kazakova.  

TOShKENT, 9 okt – Sputnik. Rossiyada mehnat migratsiyasi sohasida bir qator o‘zgarishlar va innovatsiyalar kutilmoqda. Bu haqda IIV Migratsiya Bosh boshqarmasi boshlig‘i general-leytenant Valentina Kazakova Sputnik bilan bo‘lgan intervyuda so‘zlab berdi.

1. Yaqinda xorijiy fuqarolarga o‘z uylariga boshqa xorijiy fuqarolarni ro‘yxatga qo‘yishga ruxsat berildi. Bu qonun buzilishining oldini olishi mumkin.

Inostrannie grajdane v ocheredi na daktiloskopicheskuyu registratsiyu, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada chet el fuqarolariga ham xorijliklarni ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berilishi mumkin

2. Xorijiy fuqarolar GosUslugi portali orqali davlat xizmatlaridan foylanishlari mumkin. Portal orqali xorijiy fuqarolar migratsiya hisobidan o‘tishlari yoki turar joyida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. (9:50)  Bu soha qanchalik shaffof bo‘lsa, shuncha yaxshi.

3. Xorijiy fuqarolar mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yangi konsepsiya ishlab chiqildi. Hozirgi kunda bu sohada turli xil 30ta ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirish talab qilinadi. Bu hamma uchun murakkab. Yangi konsepsiyaga ko‘ra, Davlat xizmatlari portalida ish beruvchilar va ishchilar reyestrlari yaratiladi.

  • Ish beruvchilar - u yerda ro‘yxatdan o‘tib, o‘zlarida qanday bo‘sh ish o‘rinlari borligini ko‘rsatishadi.
  • Ishchilar reyestrida – esa xorijiy fuqarolar ro‘yxatdan o‘tib, o‘z hunar va ko‘nikmalarini ko‘rsatishadi.

Ushbu xizmatlarning barchasi GosUslugi portali orqali yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Migrantlar Rossiyaga kirishidan oldin qaysi ish beruvchiga borayotganini bilib keladi. Bu esa ruxsat beruvchi hujjatlar olish tartibini qisqartiradi.

Migranti iz Kitaya demonstriruyut dokumenti - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada xorijiy ishchilar soni 2021-yilga qadar qisqartiriladi – qonun loyihasi

Albatta, bunday yondashuv Rossiya fuqarolarining mehnat huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ymagan holda amalga oshiriladi. Hududlarda fuqarolar ish o‘rinlarini xorijiy ishchilar egallashiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yaqinda e’lon qilingan yangi qonunga muvofiq, Rossiyada har bir hudud vaziyatga qarab hududda vaqtinchalik yashashi mumkin bo‘lgan xorijiy fuqarolar kvotasi miqdorini belgilash huquqiga ega bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, ayni damda O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga faqat ijroiya hukumatning Federal organi taklifnomasiga binoan kirib kelishlari mumkin.

Rossiya FMX rahbari Valentina Kazakova bilan bo‘lgan intervyuning to‘liq videosini quyida tomosha qilish mumkin.

© SputnikGrajdanstvo, patenti, pandemiya: novshestva v migratsionnom zakonodatelstve RF
Rossiyada migratsiya sohasini katta o‘zgarishlar kutmoqda – FMX rahbari - Sputnik O‘zbekiston
Grajdanstvo, patenti, pandemiya: novshestva v migratsionnom zakonodatelstve RF
Yangiliklar lentasi
0