"Voljskiy - Toshkent" poyezdiga chiptalar sotish boshlandi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishPribitie poyezda Tashkent-Moskva
Pribitie poyezda Tashkent-Moskva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Voljskiy - Toshkent" poyezdlari 11-oktabrdan boshlab 2-noyabrgacha harakatlanadi, chiptalarni temiryo‘l kassalari yoki RDJ internet sahifasi orqali sotib olish mumkin.

TOShKENT, 12 okt - Sputnik. Rossiya hududidan fuqarolarni olib chiqish uchun qo‘shimcha poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi, deb xabar qilmoqda Rossiya temir yo‘llari matbuot xizmati. 

Poyezdlar 483/484 raqamlar ostida "Voljskiy - Toshkent" yo‘nalishida Voljskiy bekatidan 11, 12, 15, 18, 22, 25, 28-oktabr va 1, 2-noyabr kunlari soat 21:57da yo‘lga chiqadi. 

Poyezdlarga chiptalar temiryo‘l kassalarida, RDJ internet sahifasi orqali yoki mobil ilova orqali sotib olish mumkin. Chiptalar faqat O‘zbekiston fuqarolariga sotiladi. Chipta narxi plaskart - 12800, kupe -19900 rubl. 

Har bir sostav 20ta vagondan iborat bo‘lib 938 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Rossiya Federatsiyasi hududi bo‘ylab poyezd to‘xtovsiz harakat qiladi. Ushbu qatnovlar Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston hukumati kelishuvi asosida amalga oshirilmoqda. 

 

Yangiliklar lentasi
0