21:28 17 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Migratsiya
Havola olish
84010

Rossiyada AES qurilishiga armaturachilar, duradgorlar va betonchilar taklif qilinmoqda, maosh - 60 mingdan.

TOSHKENT, 13 okt - Sputnik. Oʻzbekistonlik quruvchilar Rossiyada atom elektr stantsiyasi qurilishiga taklif qilindi. Bu haqida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qilmoqda. 

“Kursk 2 atom elektrostantsiyasi” qurilishida ishlash uchun armatura, duradgorlik va beton quyish ishlariga fuqarolar taklif etiladi, - deyilgan xabarda.

Ish vaqti - kuniga 11 soatdan haftasiga 6 kun. Maosh - 60-78 ming rubl. Ishchilar turar joy va 3 mahal ovqat bilan taʼminlanadi. Talablar: mutaxassislar oʻz kasi boʻyicha kamida 4 razryadga ega va 1 yil mehnat stajiga ega boʻlishi kerak. 

 

Asosiy mavzular