23:12 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Migratsiya
Havola olish
484 0 0

Oʻzbekiston va Rossiya mehnat migratsiyasi sohasini tizimlashtirish boʻyicha hamkorlik masalalari alohida tartibda koʻrib chiqdi.

TOSHKENT, 13 okt — Sputnik. Oʻzbekiston va Rossiya hukumatlari respublika hududida Rossiyaning koʻp funktsiyali migratsiya markazini (KFMM) tashkil etishni jadallashtirish niyatida. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Vazirlik matbuot xizmati xabariga koʻra, Buxoro shahrida Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari Sardor Umurzakov va Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov hamraisligi ostida iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiyasining (HK) yigirma birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

“Ikkala tomon ham Oʻzbekiston Respublikasi hududida Rossiya Federatsiyasining koʻp funktsiyali migratsiya markazini (KFMM) tashkil qilish boʻyicha loyihani amalga oshirishni jadallashtirish uchun saʼy-harakatlarni birlashtirishga tayyor ekanligi taʼkidlandi”, - deyilgan xabarda.

Tomonlar ushbu yoʻnalishda birgalikda olib borilgan ishlarda erishilgan sezilarli yutuqlarni qayd etdilar.

Oʻzbekistonda koʻp funktsiyali migratsiya markazi ochilishi mumkin

Shuningdek, Rossiyada yashayotgan va mehnat faoliyatini yuritayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini ish bilan taʼminlash, ularni ijtimoiy, moliyaviy va huquqiy muhofaza qilish masalalarida yordam koʻrsatish mexanizmlarini kuchaytirish boʻyicha keyingi harakatlarni muhokama qildilar. 

Asosiy mavzular