22:09 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Migratsiya
Havola olish
266 0 0

Poyezdlar Volgograd viloyatidagi “Voljskiy” stantsiyasidan 15, 18, 22, 25, 28 oktyabr kunlari, shuningdek, 1 va 2 noyabr kunlari soat 21:57da yoʻlga chiqadi.

TOSHKENT, 16 okt - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi hududidan Oʻzbekiston fuqarolarini olib kelish uchun 483/484-sonli poyezdning qoʻshimcha qatnovlari yoʻlga qoʻyildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Poyezdlar Volgograd viloyatidagi "Voljskiy" stantsiyasidan 15, 18, 22, 25, 28 oktyabr kunlari, shuningdek, 1 va 2 noyabr kunlari soat 21:57da yoʻlga chiqadi.

Yoʻlovchilar poyezd chiptalarni Rossiya hududida faoliyat yuritadigan har qanday temir yoʻl kassalaridan sotib olishi mumkin. Chiptalarni sotib olishda Oʻzbekiston fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishi shart. Bundan tashqari, «Rossiya temir yoʻllari» kompaniyasining rasmiy veb-sahifasida, shuningdek, «Rossiya temir yoʻllari yoʻlovchilar uchun» mobil ilovasidan foydalangan holda chiptalarni rasmiylashtirish mumkin.

Oʻzbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasining maʼlumotiga koʻra, 20 ta vagondan iborat har bir poyezd tarkibi 938 yoʻlovchini tashishga moʻljallangan. Poyezdlar Rossiya hududi boʻylab qoʻshimcha toʻxtovlarsiz harakat qiladi.

Bosh konsulxona COVID-19 pandemiyasi sharoitida fuqarolarning bir joyda ommaviy toʻplanishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida qaytish chiptasini olgan vatandoshlardan "Voljskiy" stantsiyasiga poyezd joʻnab ketadigan kuni kelishini soʻraydi.

Asosiy mavzular