22:37 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Migratsiya
Havola olish
20201

Rossiya va Qozogʻistonning Astraxan viloyatidagi chegarasida Oʻzbekiston fuqarolari 130 ta avtomobillarda toʻplandi.

TOSHKENT, 20 okt — Sputnik. Rossiya va Qozogʻistonning Astraxan viloyatidagi chegarasida 250 nafarga yaqin Oʻzbekiston fuqarolari 130 ta avtomobillarda toʻplandi.

“Astraxan viloyati hukumati raisi Aleksandr Sharikin Rossiya va Qozogʻiston chegarasida Krasnoyarsk tumanidagi “Karaozek” oʻtkazish punkti hududida migrantlarning toʻplanishi munosabati bilan federal, viloyat, munitsipial organ va oʻzbek diasporasi vakillari bilan yigʻilish oʻtkazdi”, - deyilgan Astraxan viloyati gubernatori maʼmuriyati matbuot xizmati xabarida.

Xabarda yozilishicha, oʻzbekistonlik migrantlarga Qozogʻiston hududi orqali vatanga mashinada oʻtib ketish imkoniyati borligi haqida ataylab notoʻgʻri maʼlumot berilggan boʻlishi mumkin.

Astraxan viloyati hukumati eslatgan: hozirda chegarani kesib oʻtishning ikkita qonuniy usuli bor – Moskva, Rostov, Sankt-Peterburgdan maxsus reyslarda yoki Volgograd viloyatidagi “Voljskiy” stantsiyasidan temir yoʻl transporti orqali.

Taʼkidlanishicha, Rossiyada boʻlib turish qoidasini buzganlik uchun kamida 16 ta bayonnoma rasmiylashtirilgan. Qoidabuzarlarga Rossiyaga 5 yilgacha kirish taqiqlanishi mumkin.

“Shu bilan birga Astraxan viloyatida qishloq xoʻjaligidagi mavsumiy ishlar bilan band mehnat migrantlarga ish beruvchilar vatanga temir yoʻl transporti orqali ketishga yordam koʻrsatmoqda”, - deyilgan xabarda.

“Karaozek” oʻtkazish punkti orqali Qozogʻistonga noqonuniy oʻtishga urinayotgan fuqarolar, asosan, Moskva va Rossiyaning boshqa shaharlaridan kelganlar. Ular u yerda qurilish ishlari band boʻlishgan yoki taksi haydovchisi boʻlib ishlaganlar.

Rospotrebnadzor, mahalliy hukumat va IIBga viloyatda huquqiy tartibni taʼminlash va epidemilogik vaziyatni yomonlashishiga yoʻl qoʻymaslik topshirilgan.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston davlat chegaralari yopiqligicha qolmoqda

Shuningdek, Astraxan viloyati hududida mehnat migrantlarining noqonuniy yashash joyiga aylantirmaslikka qaratilgan choralar koʻrilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Uzbekistan Airways 17 sentyabrdan boshlab Moskvadan kuniga 2 marotaba aviaparvozlar tashkil qilishni boshlagan edi. Shuningdek, Sankt-Peterburg va Moskvadan Toshkentga qoʻshimcha charter reys qoʻyilgan. Ayni damda chiptalar erkin savdoda sotilmoqda.

TIV fuqarolarga murojaat qilib, Rossiya hududida boʻlgan vatandoshlardan poyezd stantsiyalarida toʻplanmasliklarini, hozirda boʻlib turgan joylarida qolishlarini va barcha karantin talablariga qatʼiy rioya qilishlarini yana bir bor soʻragan edi.

Asosiy mavzular