15:41 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Migratsiya
Havola olish
532 0 0

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov yangi tashkil etilayotgan migrantlar tayyorlash markazida RUDNning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Kolesnikov va Malaka oshirish oʻquv markazi bosh direktori YU.Nasonov bilan uchrashuv oʻtkazgan.

TOSHKENT, 21 okt - Sputnik. Andijondan 4500 nafar fuqaro Rossiyaga ishga yuboriladi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.

Xabarga koʻra, Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov yangi tashkil etilayotgan migrantlar tayyorlash markazida RUDNning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Andrey Kolesnikov va Malaka oshirish oʻquv markazi bosh direktori YU.Nasonov bilan uchrashuv oʻtkazgan.

Uchrashuvda ish beruvchilarning boʻsh ish oʻrinlari haqida talabnomalarini Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Andijon filialiga topshirish xamda kelgusida hamkorlik qilish boʻyicha tuzilgan yoʻl xaritasi muhokama qilingan.

Xususan, Andijon viloyatidan 4 ming 500 nafar fuqaroni Rossiya Federatsiyasiga qonuniy va tashkillashtirilgan holda ishlash uchun joʻnatish boʻyicha kelishuvga erishilgan.

Oʻzbekiston fuqarolari Rossiyaga qanday kirishi mumkinligi aytildi >>>

Asosiy mavzular