16:27 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Migratsiya
Havola olish
126 0 0

Taʼkidlanishicha, ilova YEOIIga aʼzo mamlakatlar fuqarolariga ittifoq hududida tez ish topish imkonini beradi.

TOSHKENT, 27 okt — Sputnik. 2021 yilda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hududida migrantlar ishga joylashishlari uchun mobil ilova ishga tushiriladi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, ilova YEOIIga aʼzo mamlakatlar fuqarolariga ittifoq hududida tez ish topish imkonini beradi.

Dmitriy Poletayev
© Foto : Iz lichnogo arxiva Dmitriya Poletayeva

“Ittifoqqa aʼzo mamlakatda istiqomat qilayotgan har qanday kishi tez  ish topib, ishga joylasha olishi uchun mehnat resurslarimiz harakatiga oid mobil ilova deyarli tayyor”, - dedi Mishustin.

U ilova kelasi yil taqdim etilishiga umid bildirdi.

Rossiya bosh vazirining soʻzlariga koʻra, ilova YEOIIga aʼzo mamlakatlarda istiqomat qilayotgan rusiyzabon fuqarolarni, birinchi navbatda, Rossiyaga ishga jalb qilishga yordam beradi.

Hozirda YEOIIga Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston va Qirgʻiziston aʼzo.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiyada YEOII davlatlaridan kelgan mehnat migrantlariga mamlakatda toʻplangan staj uchun pensiya toʻlanishi xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular