07:19 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Migratsiya
Havola olish
294 0 0

Moskva hukumati huzuridagi Millatlar ishlari boʻyicha kengashining migratsiya komissiyasi raisi Yuriy Moskovskiy chet ellik ishchilar uchun qulay sharoit yaratish uchun nima qilish kerakligi xususida fikr bildirdi.

Ekspertning soʻzlariga koʻra, pandemiya boshida Rossiyada 2,3 million nafarga yaqin mehnat migrantlari ishlagan, lekin hozir ularning koʻpi ishsiz qolgan yoki yaxshi sharoit qidirishmoqda.

Moskovskiyning maʼlum qilishicha, kiritilgan cheklovlar olib tashlangandan soʻng Rossiyaga ishga keladigan migrantlarning ishga joylashish uchun baza yaratish bugungi kunda oʻta dolzarb va zarur.

Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, undan keyin avvalo Rossiyaning migratsiya sohasidagi qonunchiligiga eʼtibor qaratish lozim.

“Gap birinchi navbatda har qanday ikkita maʼmuriy qoidabuzarlik uchun chet ellik fuqaroni chiqarib yuborishni bekor qilish haqida bormoqda. Haddan ziyod taqiqlovchi choralar nafaqat mehnat bozori va mehnat migrantlariga, balki Rossiya iqtisodiyotiga ham juda katta zarar yetkazadi”, - deb hisoblaydi Moskovskiy.

Ekspert Rossiya fuqaroligiga qabul qilishning osonlashtirilishi ham odamlarning ishga joylashishini osonlashtirishini qoʻshimcha qildi.

Ekspert obʼyasnil, kak mojno oblegchit usloviya trudovыm migrantam v RF

Asosiy mavzular