16:22 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Migratsiya
Havola olish
40910

YEOII hududida “Chegarasiz ish” - mehnat migrantlari uchun ish beruvchilar va boʻsh ish joylari haqida maʼlumot bazasi yaratilmoqda. Tizim deyarli tayyor boʻlgan.

TOSHKENT, 29 okt - Sputnik. Yevroosiyo Iqtisodiy komissiyasi (YEIK) ichki bozorlar va axborotlashtirish vaziri Gegam Vardanyan mehnat migrantlarini ishga joylashtirish boʻyicha YEOIIda joriy etiladigan yangi tizim haqida aytib berdi.

YEIK YEOII hududida “Chegarasiz ish” – unifikatsiya qilingan ish qidirish tizimini joriy etmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi boʻsh ish joylari qidiruv tizimini va ish qidiruvchilar maʼlumot bazasini yaratishdir. Undan YEOIIga aʼzo boʻlgan har bir mamlakat mehnat resurslari boʻyicha maʼlumot bazalari kirtiladi. Ayni damda mehnat migrantlarini ishga joylashtirish loyihasi oʻzining yakuniy bosqichida, dedi ekspert.  

“Ushbu tizim Ittifoq fuqarolariga barcha mamlakatlarda mavjud boʻlgan ish oʻrinlarini va ish qidiruvchilarni koʻrish imkonini beradi. Umuman olganda, bu barcha mavjud maʼlumot bazalarini birlashtirgan tizim boʻladi. Mehnat resurslari boʻyicha maʼlumot bazalari turli mamlakatda saqlanadi. Ish qidirganda ular har bir mamlakatdan alohida-alohida koʻrsatiladi”, - deydi Vardanyan.  

Ekspertning fikriga koʻra, bunday yondashuv qonunchilik va shaxsiy axborot haqidagi muhim talablarga javob beradi.

Bu tizim tarqoq boʻlgani uchun texnik nuqtai nazardan ham juda qiziq. Va bugungi kun sharoitida u juda dolzarb boʻladi. Chunki pandemiya tufayli ish oʻrinlari borasida juda koʻp murakkabliklar yuzaga kelmoqda. Bu tizim esa Ittifoqning barcha mamlakatlarida ish topishga yordam beradi.

Vardanyanning aytishiga qaraganda, loyiha yil oxirida ishga tushadi. Dekabrda uning ishlashi namoyish etiladi.

“Davlat tuzilmalari va operatorlar ushbu tizimni ishga tushirishga allaqachon tayyor boʻlishgan. Hozirgi vaqtda ishga tushirishning soʻnggi sozlash jarayonlari olib borilmoqda”, - deydi mutaxassis.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya FMX rahbari Valentina Kazakova Sputnik muxbiriga bergan intervyusida yaqin vaqt ichida Rossiyada mehnat migrantlarini ishga qabul qilish tizimi butunlay oʻzgarishi haqida aytib oʻtgan edi. Yangi kontseptsiyaga koʻra Rossiya Davlat xizmatlari portalida ish beruvchilar va ishchilar maʼlumot bazasi yaratiladi.

Unda Ish beruvchilar va Ishchilar reyestri boʻladi. Ish beruvchilar oʻzlarida qanday boʻsh ish oʻrinlari borligini koʻrsatishadi. Ishchilar reyestrida esa xorijiy fuqarolar roʻyxatdan oʻtib, oʻz hunar va koʻnikmalarini koʻrsatishadi. Migrantlar Rossiyaga kirishidan oldin qaysi ish beruvchiga borayotganini bilib keladi. Bu esa ruxsat beruvchi hujjatlar olish tartibini qisqartiradi.

Asosiy mavzular