22:59 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Migratsiya
Havola olish
69 0 0

Qozogʻiston chegarasi yopilganidan soʻng Astraxan viloyatida toʻplanib qolgan migrantlar uyiga qaytishi uchun maxsus vagonlar ajratildi.

TOSHKENT, 10 noya – Sputnik. Astraxan viloyati chegaraga yaqin hududida toʻplanib qolgan Oʻzbekiston fuqarolari 11 noyabrdan boshlab temiryoʻl orqali uylariga joʻnatila boshlaydi. Bu haqida Privoljsk Temiryoʻli matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Chiptalar “Voljskiy” temiryoʻl vokzalida konsullik tomonidan taqdim etilgan roʻyxatlarga asosan sotila boshlaydi. Temiryoʻl bekatiga qadar yoʻlovchilarni avtobus olib boradi, - deyilgan xabarda.

Ushbu transferni amalga oshirish uchun Rossiya Temryoʻllari (RJD) “Voljskiy-Tashkent” poyezdi tarkibiga qoʻshimcha 3ta vagon qoʻshdi. Ushbu vagonlar bir oydan ortiq vaqt davomida uylariga joʻnab keta olmayotgan mehnat migrantlari uchun moʻjlallangan.

Xabarda aytilishiga koʻra, oʻtgan juma kuni Oʻzbekiston Respublikasining Rossiyadagi konsuli Rustam Kurganbayev va Astraxan viloyati gubernatorining administratsisi rahbari Pavel Pautov bilan uchrashib, Oʻzbekiston fuqarolari uchun qoʻshimcha vagonlar ajratish haqida kelishib olishgan.

Eslatib oʻtamiz, Vataniga qaytish istagida boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari “Karaozek”chegara punkti yaqinida taxminan bir oy oldin toʻplanib qolishgan. Oʻshanda Qozogʻiston tomon favqulodda ravishda chegaralarni yopishini eʼlon qilgan edi.

Asosiy mavzular