19:25 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Migratsiya
Havola olish
470 0 0

Oʻtgan yil bilan taqqoslaganda bu koʻrsatgich deyarli yarim baravarga qisqargan. 2020 yilda 60 270 kishiga kvota ajratilgan edi.

TOSHKENT, 11 noya — Sputnik. 2021 yilda Rossiyada vaqtincha yashash guvohnomasini (RVP) 39 mingdan ziyod chet ellik fuqarolar olishi mumkin.

Mintaqalarga kvota ajratish toʻgʻrisidagi farmoyishga mamlakat bosh vaziri Mixail Mishustin imzo chekdi. Unga koʻra, 2021 yilda 39 325 nafar xorijlik fuqaro vaqtincha yashash guvohnomasini olishi mumkin.

Oʻtgan yil bilan taqqoslaganda bu koʻrsatgich deyarli yarim baravarga qisqargan. 2020 yilda 60 270 kishiga kvota ajratilgan edi. Ikki yil ilgari esa ularni soni 90,3 mingdan ziyod kishini tashkil qilardi.

Moskva viloyati (2,5 ming), Moskva (2 ming) va Sankt-Peterburg (1,2 ming) eng koʻp kvotaga egalik qilgan.

Rossiya IIV maʼlumotlariga koʻra, mamlakatda mehnat migrantlari soni deyarli 25 foizga kamaygan. 2019 yil sentyabrida 2,3 mln kishini tashkil qilgan boʻlsa, joriy yilga kelib ularni soni 1,8 mln kishini tashkil etgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq koronavirus pandemiyasi sabab Moskvada migrantlar yetishmasligi muammosi yuzaga kelgani xabar qilingan edi. Shuningdek, migrantlar kamayishi Peterburgdagi biznesga katta taʼsir koʻrsatgan.

Teglar:
Mixail Mishustin, fuqarolik, migrantlar, RVP, Rossiya

Asosiy mavzular