19:39 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Migratsiya
Havola olish
134 0 0

undan tashqari, mehnat migrantlarga koʻmak berish uchun Rossiyaning 18ta viloyatida Huquqiy himoya va madaniy moslashtirish markazlari ochilgan.

TOSHKENT, 19 noya - Sputnik. Rossiya Musulmonlar kengashi 25 noyabrdan boshlab butun barcha millat va eʼtiqodga mansub mehnat migrantlari uchun federal portalni ishga tushiradi, deb xabar qildi muftiy Albir Krganov.

"25 noyabrda rosmigrant.rf (rosmigrant.ru) - yangi axborot portali ishga tushiriladi. Migrantlar u yerdan rus, tojik, oʻzbek va qirgʻiz tillarida turli dolzarb axborotni olishlari mumkin", - dedi Krganov. 

Undan tashqari ushbu tashkilotda "Migrant alifbosi" degan mehnat migrantlari uchun foydali axborotlar toʻplami tayyorlanmoqda. Undan tashqari foydali videolavhalar ham tayyorlanmoqda. 

"Loyihamiz boshlanganidan beri, bizga mehnat migrantlaridan koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda. Hozir biz kuniga 40taga yaqin murojaatlar olmoqdamiz. Biz ularga nafaqat masofaviy xizmat koʻrsatmoqdamiz, balkim oʻz masjidlarimizda ham bevosita yordam koʻrsatmoqdamiz", - dedi muftiy. 

Eslatib oʻtamiz, biz necha kun oldin Rossiya muftiysi mehnat migrantlari uchun ochilgan Huquqiy himoya va madaniy moslashtirish markazi haqida aytib bergan edi.Shuningdek migrantlar uchun Rossiyaning barcha hududlaridan bepul qoʻngʻiroq qilish mumkin boʻlgan telefon raqami ham mavjud: 8-800-550-32-03. Migrantlarni qoʻllab-quvvatlash loyihasi ayni damda Rossiyaning 18ta viloyatida amal qilmoqda.

Asosiy mavzular