22:13 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Migratsiya
Havola olish
Migratsiya (81)
51710

Rossiyaning inson huquqlari boʻyicha vakili Tatyana Moskalkova chet ellik fuqarolarga huquqiy amnistiya eʼlon qilishni taklif etdi

TOSHKENT, 18 noya — Sputnik. Migrantlarning Rossiya hududida boʻlib turishlariga ruxsat koronavirus pandemiyasi yakuniga qadar uzaytirilishi mumkin, deb xabar qildi RF inson huquqlari boʻyicha vakili Tatyana Moskalkova.

Bunday bayonot bilan Moskalkova Yevroosiyo alyansining IV yigʻilishida chiqish qilgan.

"Agar pandemiya davom etadigan boʻlsa, ichki ishlar vaziriga u bizni pandemiya yakuniga qadar qoʻllab-quvvatlashini soʻrab murojaat qilishga qaror qildik", - dedi u.

Bundan tashqari, ombudsman chet ellik fuqarolarga huquqiy amnistiya eʼlon qilishni taklif etdi.

"Bunday chora RF hududida noqonuniy yoki qisman noqonuniy holatda boʻlib turgan migrantlarga taʼsir koʻrsatishi mumkin. Bu migrantlarning ommaviy davlat registratsiyasidan oʻtkazilishlariga yordam beradi", - deb hisoblaydi Moskalkova.

Bundan tashqari, chet elliklar tomonidan jinoyat sodir etilmagani amnistiyaning muhim shartlaridan biri boʻlishi mumkin, deb qoʻshimcha qildi ombudsman.

Oʻz chiqishi yakunida Moskalkova chet ellik ombudsmanlarini mamlakatda boʻlish toʻgʻrisidagi hujjatlarni uzaytira olmaydigan migrantlarning chiqarib yuborilishiga qarshi choralarni ishlab chiqishga chaqirdi.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirus tufayli vataniga bora olmayotgan migrantlarning vizalari, mehnat patentlari, yashash uchun ruxsatnomalari va boshqa hujjatlarining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida farmon imzolagan edi. Ushbu qaror 2020 yilning 15 dekabrigacha amal qiladi.

Yaqinda RF Hukumat rahbari Mixail Mishustin mamlakatdagi kompaniyalarda xodimlar bilan bir qatorda ishlashi mumkin boʻlgan chet el migrantlari ulushini tasdiqlagan edi. Unga koʻra, chet elliklarning aksariyati (80%i) qurilish, 70%ga yaqini - koʻchmas mulk sohasida ishlashlari, 50%ga yaqini esa sabzavot yetishtirish bilan shugʻullanishlari mumkinligi aytildi.

Mavzu:
Migratsiya (81)

Asosiy mavzular