19:29 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Migratsiya
Havola olish
731 0 0

"Migratsiya markazi" rahbariyati tashrifi joriy yilning 23 noyabr kunigacha davom etadi. Muzokaralar natijasi boʻyicha xabar beriladi.

TOSHKENT, 21 noya - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Moskva shahridagi "Koʻp funktsiyali migratsiya markazi" rahbari Sergey Baldin markazning Oʻzbekistondagi vakolatxonasini ochish masalalarini muhokama qilish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda Tashqi migratsiya agentligi matbuot-xizmati.

Tashrif doirasida Sergey Baldin, uning oʻrinbosarlari Oleg Nujdin va Irina Yermilova, Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi masʼul xodimlari bilan birgalikda Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi faoliyati bilan tanishgan.

Shu kuni Rossiya tomoni vakillari Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbariyati bilan uchrashib, Agentlik binosida "Migratsiya markazi" davlat byudjet tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasini ochish va quyidagi faoliyat bilan shugʻullanishi boʻyicha muzokaralar oʻtkazilgan.

Rossiya Federatsiyasida mehnat faoliyatini amalga oshirmoqchi boʻlgan fuqarolarni ushbu davlatga kirib borishida taqiq bor-yoʻqligini tekshiradi;

Patent olish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishda toʻliq koʻmaklashadi;

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va ish beruvchilar oʻrtasida hamkorlikni oʻrnatishda operator vazifasini bajaradi.

"Migratsiya markazi" rahbariyati tashrifi joriy yilning 23 noyabr kunigacha davom etadi. Muzokaralar natijasi boʻyicha xabar beriladi.

Asosiy mavzular