15:33 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Migratsiya
Havola olish
420 0 0

Moskva "Migratsiya markazi" rahbariyati bilan mehnat migratsiyasiga bogʻliq bir qator hujjatlarni Oʻzbekistonda rasmiylashtirish masalasi muhokama qilinmoqda.

TOSHKENT, 22 noya - Sputnik. Oʻzbekistonda rasmiy tashrif bilan kelgan Moskva Migratsiya markazi rahbariyati Toshkentdagi "Ishga marhamat" monomarkazi faoliyati bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.

Moskva Migratsiya markazi davlat byudjet tashkiloti bosh direktori Sergey Baldin, direktor oʻrinbosarlari Oleg Nujdin va Irina Yermilovalar Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi masʼul xodimlari bilan birgalikda Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif doirasida “Migratsiya markazi” davlat byudjet tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasini ochish va u yerda quyidagi faoliyat bilan shugʻullanishi boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi:

  • Fuqarolarning ushbu davlatga kirib borishida taqiq bor-yoʻqligini tekshirish;
  • Patent olish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishda koʻmaklashish;
  • Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ishlovchi va ish beruvchilar orasida operator vazifasini bajaradi;

“Migratsiya markazi” rahbariyati tashrifi 23 noyabr kunigacha davom etadi. Muzokaralar yakuniy natijasi boʻyicha batafsil xabar beriladi.

Eslatib oʻtamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 15 sentyabrda imzolangan “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarorida, 2020 yil yakuniga qadar Oʻzbekistonda Rossiyaning migratsiya markazlarini tashkil etish hamda mehnat patentini ushbu markazlarda rasmiylashtirish xizmatini yoʻlga qoʻyish buyicha vazifalar belgilangan edi.

 

Asosiy mavzular