Rossiyada xorijiy ishchilarni jalb qilish kvotalari tasdiqlandi

© Foto: AGN «Moskva”GBU «Migratsionniy sentr”
GBU «Migratsionniy sentr” - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelgusi yil uchun Rossiyaga viza asosida keladigan xorijiy ishchilarni jalb qilish kvotalari tasdiqlandi.

TOShKENT, 26 noya — Sputnik. 2021-yil uchun Rossiyaga viza asosida keladigan xorijiy ishchilarni jalb qilish bo‘yicha kvotalarni tasdiqlash to‘g‘risida Rossiya hukumati qarori qabul qilindi. Hujjat huquqiy ma’lumotlar portalida e’lon qilindi.

Sobranniy urojay pomidorov  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaga Farg‘ona viloyatidan pomidor va qalampir olib kirish ta’qiqlandi

Unga ko‘ra, umumiy kvota 101 871 kishi etib belgilandi.

Hujjatga ko‘ra, kelgusi yilda tog‘-kon sanoati, qurilish-montaj va ta’mirlash ishlarida ishlaydigan xodimlarga eng yuqori talab bo‘ladi, mamlakatga 31 625 nafari kutilmoqda.

Metallga ishlov berish va mashinasozlik sanoati ishchilari uchun 11 673 ta ish o‘rinlar ajratildi.

Kichik va yirik sanoat korxonalarining boshqa kasb-hunarlari uchun 16 980 ta, sanoat qurilmalar operatorlari va mashinistlari uchun 7 764 ta ish joyi ajratildi.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Rossiyada mehnat vizasi orqali kelgan chet elliklar sonini deyarli 40 mingga qisqartirish rejalashtirilgani haqida xabar berilgandi. O‘sha vaqtda 2020-yilda kvota 144 mingdan ortiq kishiga taqdim etilgan bo‘lsa, 2021-yilda bu ko‘rsatkich 104 993 kishigacha kamaytirish haqida aytilayotgan edi.

O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Armeniya, Ozarbayjon, Moldova, Qozog‘istondan kelgan xorijiy ishchilar yangi qoidalar ta’siriga tushmaydi, chunki bu fuqarolar Rossiya Federatsiyasi hududiga vizasiz (lekin mehnat patentlari bilan) kirish huquqiga ega.

Yangiliklar lentasi
0