13:40 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Migratsiya
Havola olish
589 0 0

Shu bilan birga, sertifikatning amal qilish muddati uni olish maqsadiga bogʻliq boʻladi. Masalan, vaqtinchalik yashash yoki ishlash uchun ruxsatnoma olish istagidagi chet el fuqarolariga sertifikat uch yil muddatga beriladi.

TOSHKENT, 26 noya - Sputnik. Rossiyada yashash va ishlash istagidagi chet elliklar uchun rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi boʻyicha imtihon topshirishning yangi qoidalari oʻrnatiladi. Imtihonlarning murakkablik darajasi esa chet el fuqarosining mamlakatda boʻlish maqsadiga bogʻliq boʻladi.

Ushbu tartib Duma tomonidan qabul qilingan hukumat qonunida belgilangan.

Hozirgi vaqtda Rossiyaning hududiy boshqaruvi ushbu imtihonni oʻtkazuvchi taʼlim muassasalari roʻyxatini hamda imtihonni oʻtkazish tartibi va shaklini belgilash huquqiga ega. Yangi qonunga muvofiq, imtihonlar rasmiy roʻyxatga kiritilgan taʼlim muassasalari tomonidan oʻtkazilib, tegishli sertifikat beriladi.

Shu bilan birga, sertifikatning amal qilish muddati uni olish maqsadiga bogʻliq boʻladi. Masalan, vaqtinchalik yashash yoki ishlash uchun ruxsatnoma olish istagidagi chet el fuqarolariga sertifikat uch yil muddatga beriladi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan 180 kun oʻtgach kuchga kiradi.

Asosiy mavzular