13:33 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Migratsiya
Havola olish
512 0 0

Oʻzbekistonlik mehnat migrantlari Astraxan viloyatiga qishloq xoʻjaligi, baliq sanoati va qurilish sohalariga tashkillashtirilgan tartibda ishga jalb qilinishi rejalashtirilmoqda.

TOSHKENT, 27 noya — Sputnik. Astraxan viloyati 2021 yilda qishloq xoʻjaligida ishlash uchun 10 ming nafar mehnat migrantlarini qabul qilishga tayyor. Bu haqida hududiy qishloq xoʻjaligi va baliq sanoati vaziri Ruslan Pashayevning Qoraqalpogʻiston Vazirlar kengashi hamda Xorazm viloyati hokimiyati vakillari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvida maʼlum boʻldi. 

Muzokaralari yakunida, mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish rejasi tuzildi. Viloyat vakillari qishloq xoʻjaligidan tashqari baliq sanoati hamda qurilish sohalarida ham ishchi kuchiga ehtiyoj borligini xabar qilishdi. Shuningdek mavsumiy ishga jalb qilish masalalari ham koʻrib chiqildi. 

Astraxan viloyatida qonuniy ishlaydigan mehnat migrantlari soni boʻyicha Oʻzbekiston birinchi oʻrinda turadi. 

Maʼlumot uchun: ayni damda koronavirus pandemiyasi munosabati bilan kiritilgan cheklovlarga koʻra, Rossiya hududiga xorijiy fuqarolar kirishi cheklangan. Oʻzbekistonlik mehnat migrantlari faqat tashkillashtirilgan tartibda ikki davlat rasmiy organlari kelishuviga muvofiq kirib kelishlari mumkin. 

 

Asosiy mavzular